Gunoh (forscha: – jinoyat, ayb; asli shu maʼnodagi arabcha: „junoh“ soʻzidan olingan) — diniy axloqiy tushuncha. Diniy aqidalarga xilof ish yoki xatti-harakatni bildiradi. Gunoh qilganlarni gunohkor, osiy deb atashadi.
Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib kulishing – qilgan gunohingdan ham kattaroq gunohdir. Fursatni qoʻldan boy berib, qilolmay qolgan bir gunoh ish uchun xafa boʻlishing – gunohdan koʻra kattaroqdir[2].
Gunoh ish qilayotganingda Alloh seni koʻrib turgani holda qalbing choʻchib-titramasdan, shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qoʻrqishingsodir etgan gunohingdan kattaroqdir[6].
Qilgan gunohingdan keyingi yomon oqibatdan amin boʻlma. Hech bir gunoh yoʻqki, uni qilganingdan soʻng yanada kattasi orqasidan kelmasin. Zero, gunoh qilayotganingda oʻng va chap tomondagi farishtalardan uyalmasliging sodir etgan gunohingdan kattaroqdir[14].
Sen gunohning kichikligiga emas, kimga osiylik qilayotganingga qaragin[15].
— Muhammad Nuaym
Sening nazaringda gunohlar kichraygani sari Alloh huzurida ulkanlashib boraveradi. Sening nazaringda kattalashgani sari esa, Alloh huzurida kichrayib boradi[16].
Shahvat tufayli qilingan gunohlar kechirilishiga umid qilsa boʻladi, chunki Odam alayhissalomning adashishi shahvatdan boʻlgan edi. Ammo kibr tufayli qilingan gunohlarning avf etilishiga umid yoʻq, chunki shayton kibri sababli kechirilmas gunohga qoldi[19].