Kontent qismiga oʻtish

Hasan al-Basriy

Vikiiqtibosdan olingan
(Hasan Basriydan yoʻnaltirildi)
Hasan al-Basriy

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 642
Madina
Vafoti 728
Basra
Qardosh loyihalar

Hasan al-Basriy (tax. 642-yil — 728-yil 15-oktyabr) – ilk sunniy musulmon voiz, ilohiyotchi, tafsirchi, olim, qozi va tasavvufchi edi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Agar munofiqlarning gunohlari yer yuzidagi oʻsimliklar singari boʻlsaydi, oyoq bosishga joy topolmasdik[1][2].
  • Alloh bandasi uchun biron yaxshilikni niyat qilganda, unga bir dunyolik beradi, u tugagach, yana beradi. Agar bandasining nazarida bu dunyolik haqir koʻrinsa, unga ahamiyat bermasa, Alloh yanada moʻlroq beradi[1][3][4].
  • Allohga ont ichib aytamanki, pul aziz qilgan har insonni Alloh xor aylagay[1][5].
  • Allohga qasamki, qay bir banda doʻzaxga aniq ishonsa, unga keng dunyo tor boʻlib qoladi. Munofiq esa doʻzax garchi mana shu devorning ortida turgan boʻlsa ham, unga tushmagunicha shubha qilaveradi[1][6].
  • Alloh taolo hokimlarga uchta narsani bildirdi: havoyi nafsga ergashmaslikni, Alloh taolodan qoʻrqishni va insonlardan qoʻrqmaslikni, Alloh oyatlarini ozgina pulga sotmaslikni[1][7].
  • Amal qilmay turib, jannatni talab etish gunohlardan biridir[1][8].
  • Bir kishi ilm oʻrganib, soʻng uni boshqalarga oʻrgatishi ham amal hisoblanadi[1][9].
  • Birodarlarimiz biz uchun ahli oilamizdan ham qimmatliroqdir. Chunki ahlimiz bizga nuqul dunyoni eslatadi, birodarlarimiz esa — oxiratni![1][10]
  • Bir soatlik tafakkur kechasi bilan qoim turishdan yaxshiroq[1][11].
  • Dunyo kezib oxiratini topganni koʻrmadik, lekin oxiratini qidirib, dunyosini topganlarni koʻrdik[1][3].
  • Ey odam bolasi, nega birodaringga hasad qilasan? Agar Alloh suyganligi sababli u bandaga neʼmat ato qilgan boʻlsa, sen Alloh suygan bandaga qanday hasad qilasan? Agar uning mol-davlat topishiga boshqa sabab boʻlsa (yaʼni, harom yoʻllar bilan topgan boʻlsa), oqibatda doʻzaxga eltuvchi boʻlgan mol-davlatning nimasiga hasad qilasan?[1]
  • Ey Odam bolasi, sening sahifang ochildi, ikki hurmatli farishta senga vakil qilindi. Bittasi oʻng tarafingda turib yaxshiliklaringni yozadi, ikkinchisi chap tomoningda yomonliklaringni bitadi. Nimani xohlasang, qilaver. Vafot etganingda sahifang berkitiladi va qabringda boʻyningga osib qoʻyiladi. Qiyomat kuni shunday holda qabringdan chiqasan[1][12].
  • Eng quturgan hayvon ham pishiq qarmoq bilan ilintirishga nafsingchalik loyiq emas[1][13].
  • Halovatni 3 narsadan – namozdan, Qurʼondan va zikrdan qidiring. Topsangiz, davom eting. Topa olmasangiz, bilingki, eshik yopiqdir[16].
  • Hammomga ikki izor bilan kirish durust. Birinchi izor avrat uchun, ikkinchisi — koʻz uchun, yaʼni koʻzini odamlarning avratidan toʻsish uchun[1][17].
  • Kimning kalomi hikmat boʻlmasa, u lagʻvdir, kimning sukuti tafakkur boʻlmasa, u sahvdir, kimning nazari ibrat boʻlmasa, u lahvdir (oʻyindir)[1][14].
  • Kim senga gap yetkazsa, bilginki, sening gapingni ham boshqaga yetkazadi[1].
  • Kishi ahli ayoliga ishlatish uchun qarz soʻrab, keyin uni uzishga harakat qilsa-yu shu qarz bilan vafot etib qolsa, Alloh taolo uning daʼvogarlarini rozi qiladi[1].
  • Men shunday insonlarni koʻrdimki, ular uchun dunyo hayoti shu sizlar kezib yurgan tuproqdan ham tuban. Dunyo ortdimi yo yoʻq boʻldimi, unga kulib boqdimi, bunga kulib boqdimi – hech ahamiyat bermaydilar[1][20].
  • Moʻmin degan oʻz nafsining hokimi boʻlmogʻi kerak. U nafsini Alloh uchun hisob berdiradi. Dunyoda nafs bilan hisob-kitob qilganlarning oxiratdagi hisob-kitobi osonroq oʻtadi[1][21].
  • Neʼmat berilgan paytda hamma bir xil. Sinov paytida esa hamma har xil[16].
  • Quyoshning har botishida bir parcha kamayishing bor[1][30].
  • Torlik-ziqnalik qilmanglar, aks holda sizlarga torlik qilinadi[1][32].
  • Toʻrtta narsa kishining muruvvatidan: tilining rostgoʻyligi, birodarlarining xato-kamchiliklarini kechirishi, ahli zamonining taniqli kishisiga saxovat qilishi, tanish va qoʻshnilarga ozor berishdan tiyilishi[1][33].
  • Yaxshi gap – amri maʼruf, nahiy munkar, qilmu avf, kechirim va shirin soʻzlardan iboratdir[1][34].
  • Yaxshi qoʻshni senga ziyon va tashvish yetkazmaydigan qoʻshni emas (aslida bunday qoʻshni ham yaxshi), balki sening yomonligingga chidab yashayotgan qoʻshnidir[1][35].
  • Oʻlim dunyo hayotini bir pul qildi. Shu tufayli farosatli insonlarga quvonish uchun hech imkon qoldirmadi[1][36].
  • Shirkdan saqlangan qalb salim qalbdir[37].
  • Shunday qavmlarni koʻrdimki, ayblari yoʻq edi. Lekin birovlarning aybini gapira boshlaganidan keyin, Alloh ularning oʻzlarini ham gunohkor qilib qoʻydi. Yana bir qavmlarni koʻrdimki, ayblari bor edi. Birovlarning aybini aytishdan tilni tiyishgan edi, Alloh ularning ayblarini yashirdi[16].

Haqida

[tahrirlash]
  •  

Koʻpincha yoki baʼzan Hasan al-Basriyga oʻxshash buyuklarni Xajjoj zolimga oʻxshashlar tugʻadilar, goʻyo shoʻr dengiz suvidan dur-marjonlar chiqqani kabi[38].

  Abulqosim az-Zamaxshariy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 1,32 1,33 1,34 1,35 1,36 1,37 1,38 1,39 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Tursun 2006, s. 35.
  3. 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 70.
  4. Tursun 2006, s. 139.
  5. Tursun 2006, s. 71.
  6. Tursun 2006, s. 24.
  7. 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 33.
  8. Tursun 2006, s. 23.
  9. Tursun 2006, s. 19.
  10. Tursun 2006, s. 168.
  11. Tursun 2006, s. 61.
  12. Tursun 2006, ss. 25–26.
  13. Tursun 2006, s. 86.
  14. 14,0 14,1 Tursun 2006, s. 60.
  15. Tursun 2006, s. 49.
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 16,4 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet. 
  17. Tursun 2006, s. 161.
  18. Tursun 2006, s. 11.
  19. Tursun 2006, s. 34.
  20. Tursun 2006, s. 74.
  21. Tursun 2006, s. 52.
  22. Tursun 2006, s. 77.
  23. Tursun 2006, s. 17.
  24. Tursun 2006, s. 18.
  25. Tursun 2006, s. 12.
  26. Tursun 2006, ss. 10–11.
  27. Tursun 2006, s. 15.
  28. Tursun 2006, s. 65.
  29. Tursun 2006, s. 97.
  30. Tursun 2006, s. 115.
  31. Tursun 2006, s. 9.
  32. Tursun 2006, s. 102.
  33. Tursun 2006, s. 136.
  34. Tursun 2006, s. 27.
  35. Tursun 2006, s. 133.
  36. Tursun 2006, s. 114.
  37. Tursun 2006, s. 55.
  38. Tursun 2006, s. 106.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.