Hikmatli soʻzlar, aforizm — tugal fikrni anglatuvchi, oʻtkir mazmunli qisqa va loʻnda ibora, bayt, jumla. Xalq maqollaridan farqli ravishda hikmatli soʻzlar kelib chiqishi jihatidan maʼlum bir shaxs (yozuvchi, shoir, publitsist, faylasuf, olim, davlat arbobi va boshqalar)ga mansub boʻlib, individualligini saqlab qoladi.
Axloqiy aforizmlar maʼnaviyatdagi mustahkam negizlarni, inson faoliyati va ongidagi sabr-bardosh asoslarini belgilab beruvchi hayotiy majburiyatlarni, turmush donishmandligi, nuqtai nazarlarni qisqa shaklda bayon etadi[1].
Biz faqat kishilarning xizmatinigina emas, ularnnng soʻzlarini ham xotirada saqlashimiz darkor. Nutqlar, nomalar va hikmatli soʻzlar majmualari — oʻsha soʻz, oʻsha fikrlarning chinakam xazinasi[2].
Hikmatli soʻz va aforizmlar — chinakam hayotiy donishmandlik va adabiyotning magʻzi ekanini, hikmatli soʻz va aforizmlarga boy kitoblargina koʻproq naf borishini unutmaslik kerak: odamlar kitob oʻqiyotganda asosan shu hikmatli soʻzlarni izlashlari zarur[2].
Mazmuni teran va topib aytilgan ajoyib hikmatlar hech qachon unutilmaydi: ular avlodlardan avlodlarga oʻtib, butun asrlar davomida xotirada saqlanadi[4].
Men, ayniqsa, ziddiyatli hodisalarga sinchkovligimni uygʻotuvchi va oʻsha ziddiyatlarni hal etib beruvchi har turli ixcham hikmatli soʻzlarni qadrlayman[5].
Shunaqangi loʻnda hikmatli soʻzlar yoki maqollar borki, ularni hamma biladi va hamma foydalanadi. Agar bunday hikmatli soʻzlarga barcha kishilar ishonishmaganda edi, ular asrlardan asrlarga oʻtib kelmasdi[4].
Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.