Kontent qismiga oʻtish

Ibodat

Vikiiqtibosdan olingan
Ibodat

Qardosh loyihalar

Ibodat (arabcha: عبادت‎, toat — sigʻinmoq, bosh egmoq) — gʻayritabiiy kuchlarga (xudo, ruh va boshqalar) sig‘inish, iltijo qilish. Ibodat har qanday dinga xos.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Allohga qilgan ibodating birovlarning senga taʼzim qilishlariga sabab boʻlmasligi kerak[1].

  Abu Hafs Haddod
  •  

Garchi ustundek qoyim boʻlsang ham, to qorningga halolmi yoki harommi — nima kirayotganini qaramas ekansan, ibodatingning foydasi yoʻq[2].

  Vahb ibn Munabbah
  •  

Ibodatdan yiroqlashgan osiylikka yaqinlashadi[3].

  Ahmad Havoriy
  •  

Ibodat hunardir: ustaxonasi — xilvat, dastmoyasi — sunnatga amal qilmoq, foydasi esa — jannat[1].

  Yahyo ibn Muoz
  •  

Ibodatning asosi uch ustunga ega: koʻz, qalb, til. Koʻz — borlikdan ibrat olish uchun, qalb — tafakkur uchun, til — toʻgʻri soʻzni aytish va Allohni zikr etish uchundir[4].

  — Abulhasan Zanjoniy
  •  

Ibodatning kaliti fikrdadir. Istaklarning alomati shahvatlar ketidan quvishdadir. Allohga tavakkulning (suyanish) alomati esa istaklardan voz kechishdir[5].

  Zunnun Misriy
  •  

Toat Allohning xazinasida saqlab qoʻyilgandir. Uning kaliti – duo, kalitning tishlari – halol luqma[6].

  Yahyo ibn Muoz
  •  

Toatning ildizi uch narsadadir: qoʻrquv, niyat va muhabbatda[3].

  Hotam Asom
  •  

Toatning lazzat va halovatiga magʻrur boʻlmagilki, bu solik uchun zahri qotildir[7].

  Abu Bakr Vositiy
  •  

Vaqtiki banda ibodatda sodiq boʻlsa, ibodat vaqtida huzur-halovat topadi[8].

  Abu Turob Naxshabiy
  •  

Yaxshilik molingizni va farzandlaringizni koʻpaytirishda emas. Balki ilmingiz va hilmingizni ziyoda qilishda, odamlarga ibodatingiz bilan magʻburlanmasligingizdadir. Solih amal qilsangiz, Alloh taologa hamd ayting. Gunoh qilib qoʻysangiz, Alloh taolodan magʻfirat tilang[9].

  Ali ibn Abu Tolib
  •  

Oʻn olti yildan beri toʻyib ovqatlanmadim. Zero, koʻp yeyish badanni ogʻirlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi[10].

  Shofiʼiy
  •  

Oʻzing va shahvatlaring oʻrtasiga temir devor qurmas ekansan, ibodatdan halovat topa olmaysan[5].

  Bishr Hofiy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Tursun 2006, s. 38.
  2. Tursun 2006, s. 54.
  3. 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 56.
  4. Tursun 2006, s. 148.
  5. 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 94.
  6. Tursun 2006, s. 52.
  7. Tursun 2006, s. 51.
  8. Tursun 2006, s. 28.
  9. Tursun 2006, s. 139.
  10. Tursun 2006, s. 84.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.