Kontent qismiga oʻtish

Ibrat

Vikiiqtibosdan olingan
Ibrat
Qardosh loyihalar

Ibrat — oʻgit, pand-nasihat; namuna, oʻrnak.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Aqlli odam shunday odamki, birovdan nasihat eshitish oʻrniga oʻzi ibrat koʻzi bilan boqib bilib olaveradi.

Har kim hodisalardan ibrat ola bilsa, boshi qattiq otga oʻxshagan bu falak unga boʻysuna beradi[2].

Ibrat ilmni, zikr muhabbatni, tafakkur xavfni (Allohdan qoʻrqishni) kuchaytiradi[3].

Kimning kalomi hikmat boʻlmasa, u lagʻvdir, kimning sukuti tafakkur boʻlmasa, u sahvdir, kimning nazari ibrat boʻlmasa, u lahvdir (oʻyindir)[3].

Yaxshilik mol va farzandlarning koʻpligida emas. Yaxshilik keng feʼlli, axloqli boʻlish, ilm olish va Allohga ibodat qilishda boshqalarga ibrat boʻlishdadir[4].

Oʻtganlar ibratli soʻzini yod et,
Oʻtganlar yodidan dilingni shod et[5].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 60.
  2. Tursun 2006, s. 119.
  3. 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 60.
  4. Tursun 2006, s. 138.
  5. Tursun 2006, s. 114.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.