Shofiʼiy
Qiyofa
(Imom Shofeʼiydan yoʻnaltirildi)
Shofiʼiy | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumotlar | |
Tavalludi |
28-avgust 767 Gʻazza |
Vafoti |
20-yanvar 820 Al-Fustat |
Qardosh loyihalar | |
Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shofiʼiy (767-yil; 820-yil) — imom, shofiʼiylik mazhabining asoschisi, faqih.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Bir oʻzimga nasihat qilsang, haqiqatan ham nasihat qilgan sanalasan. Lekin koʻpchilikning oldida nasihat qilsang, meni sharmanda qilgan boʻlasan[1].
- Gapirishda sukutdan, anglab yetishda fikrdan madad olinglar[2][3].
- Ilmdan nasibador kishilar ozgina olgan ilmiga xursand boʻlib, birgina narsani unutganida xafa boʻlishi ilmning sharafiga yetarli dalildir[2][4].
- Ilm oʻrganish nafl ibodatidan afzalroq[2][5].
- Kim dunyo muhabbati bilan Xoliqning sevgisini bir qalbda jamladim desa, yolgʻon soʻzlabdi[1][6].
- Kim Qurʼonni yod olsa, qadri baland boʻladi. Kim uning maʼnolarini anglasa, darajasi koʻtariladi. Kim hadisni yodlasa, darajasi koʻtariladi. Kim arabiyni va sheʼrni oʻrgansa, tabiati teranlashadi. Kim nafsini saqlamasa, unga ilm foyda bermaydi[2][7].
- Kishi agar bir ilmni oʻrganib, soʻng boshqa ilmlarga yuzlansa-da, ulardan nimani bilmasligini tushunsa, ana oʻshanda olim boʻladi[2][8].
- Qilich va nayza bilan hosil boʻlmagan koʻp ishlar yumshoqlik, muloyimlik bilan hosil boʻladi. Gʻazab keltirgan zarar gʻazablangan kishining oʻziga qaytar[1].
- Qurʼonni oʻrgangan kishining qadr-qimmati ortib boraveradi[1].
- Sukut saqlagan holda gaplashmoqqa, tafakkur bilan masala hal qilmoqqa yordam talab qilingiz[1].
- Yomon suhbatdosh bilan gaplashib oʻtirgandan koʻra yolgʻiz qolib, jimgina oʻtirgan yaxshi[1].
- Oʼn olti yildan beri toʻyib ovqatlanmadim. Zero, koʻp yeyish badanni ogʻirlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi[2].
- Oʻzini gunoh va badxulqlikdan saqlay olmagan kishiga ilm foyda bermaydi[2][9].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 60.
- ↑ Tursun 2006, s. 13.
- ↑ Tursun 2006, s. 16.
- ↑ Tursun 2006, s. 51.
- ↑ Tursun 2006, s. 10.
- ↑ Tursun 2006, s. 17.
- ↑ Tursun 2006, s. 8.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.