Kontent qismiga oʻtish

Imon

Vikiiqtibosdan olingan
Imon

Qardosh loyihalar

Imon, iymon (arabcha: إِيمَان‎ — ishonch, eʼtiqod) — islomning 5 rukni (asosi)dan biri; Allohga, uning farishtalariga, kitoblariga, paygʻambarlariga, qiyomat kuniga, taqdirga va oʻlgandan keyin tirilishga ishonish.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Agar biz moʻmin boʻlaturib, nafsimizni jilovlay olmasak, demak, biz hali komil moʻmin va komil iymon egasi emasmiz. Komiy iymonga ega boʻlmaganimizdan nafsoniy orzu-havaslarni jilovlay olmayapmiz[1].

  — Umar Foruq Saydo al-Jazariy
  •  

Aqal bir mushukka boʻlsang mehribon,
Demak salomatdir sendagi iymon[2].

  Xusrav Dehlaviy
  •  

Axloqning asosi iymonga bogʻliqdir. Iymonsizning axloqi boʻlmaydi[3].

  Muhammad Kamol Pilav
  •  

Banda iymon choʻqqisiga chiqmagunicha, uning haqiqatiga yetisholmaydi. Musulmon kambagʻallikni boylikdan, pasayishni yuksalishdan afzal koʻrmagunicha va uni maqtagan hamda yomonlagan kishilarni bir xilda koʻrmagunicha iymon choʻqqisiga chiqa olmaydi[4].

  Abdulloh ibn Masʼud
  •  

Haqiqiy nur iymondir. Haqiqiy nurni topgan haqiqatni koʻradi, haqiqatni eshitadi[5].

  Muhammad Kamol Pilav
  •  

Har kishiningkim kishiga rahmi yoʻq – iymoni yoʻq[6].

  Gadoiy
  •  

Islom – Allohning amrlariga taslim boʻlmoq va itoat etmoq demakdir. Lugʻat eʼtibori ila iymon va islom orasida farq bor, lekin islomsiz iymon, iymonsiz islom boʻlmas. Ular ikkisi bir narsaning ichi va tashi kabidir[2].

  Imomi Aʼzam
  •  

Iymon – Allohdan tashqari boʻlgan, qalblarni oʻziga rom etuvchi barcha manfaat va zararli narsalardan tiyilishdir[7].

  Bahouddin Naqshband
  •  

Iymonlaringizni sadaqa berish bilan mahkam qilinglar, mollaringizni zakot berish bilan omon saqlanglar, balolar toʻlqinini duo bilan daf qilinglar[8].

  Ali ibn Abu Tolib
  •  

Iymon seni gʻam-qaygʻuga yoʻllamaydi, qiyinchilik kelsa har doim unga yuzlan. Chin ixlos bilan Allohni yordamga chaqir. Uning Oʻzi senga kifoyadir[9].

  Muhammad Kamol Pilav
  •  

Iymonsizlik oxirat sari ketishga emas, jannatga kirishga moneʼdir[8].

  Alouddin Bashar
  •  

Iymonning uchdan biri hayo, uchdan biri aql, uchdan biri joʻmardlikdir[10].

  Umar ibn Xattob
  •  

Muvozanat toʻrt joydadir: iymon va kufr oʻrtasida, toʻgʻrisoʻzlik va yolgʻon oʻrtasida, tavhid va shirk oʻrtasida, ixlos va riyo oʻrtasida[11].

  Xoris Muhosibiy
  •  

Nurga yetishgan qorongʻulikdan xalos boʻlganidek, iymonga erishgan ham soxtalikdan qutuladi[8].

  Muhammad Kamol Pilav
  •  

Sabr qilinglar, chunki sabr etish – iymondan. Xuddi bosh jasadda boʻlganidek, sabr ham iymonda boʻladi[12].

  Ali ibn Abu Tolib
  •  

Oʻlim qoʻrqinchi faqat iymonsizning qalbini zabt etadi, titroqqa soladi. Iymon ahli esa buni Haqqa yetishish, deb bayram qiladi, sevinadi[13].

  Muhammad Kamol Pilav

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 86.
  2. 2,0 2,1 Tursun 2006, s. 22.
  3. Tursun 2006, s. 27.
  4. Tursun 2006, s. 36.
  5. Tursun 2006, s. 25.
  6. Tursun 2006, s. 29.
  7. Tursun 2006, ss. 31–32.
  8. 8,0 8,1 8,2 Tursun 2006, s. 28.
  9. Tursun 2006, s. 37.
  10. Tursun 2006, s. 34.
  11. Tursun 2006, s. 56.
  12. Tursun 2006, s. 31.
  13. Tursun 2006, s. 30.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.