Kontent qismiga oʻtish

Ingrid Daubechies

Vikiiqtibosdan olingan
Ingrid Daubechies

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 17-avgust 1954
Houthalen-Helchteren
Qardosh loyihalar

Baroness Ingrid Daubechies (1954-yil 17-avgustda tugʻilgan) — belgiyalik fizik va matematik. U tasvirlarni siqish sohasidagi veyvletlar, xususan Daubechies veyvleti ustidagi ishlari bilan mashhur. Daubechies tasvirlarni siqish texnologiyasini takomillashtiradigan matematik usullarni oʻrgangani uchun eʼtirof etilgan. U Milliy muhandislik akademiyasi, Milliy fanlar akademiyasi hamda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi hisoblanadi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  •  

Veyvlet (wavelet) almashtirishi — bu maʼlumotlar, funktsiyalar yoki operatorlarni turli chastotali komponentlarga ajratadigan va soʻngra har bir komponentni uning miqyosiga (shkalasiga) mos keladigan aniqlikda oʻrganadigan vositadir. Ushbu uslubning ilk koʻrinishlari bir-biridan mustaqil ravishda sof matematika (garmonik analizda Kalderon ayniyatining yechimi), fizika (kvant mexanikasida (ax + b) guruhi uchun kogerent holatlar) va muhandislikda (elektr muhandisligidagi QMF filtrlari; J. Morlet tomonidan seysmik maʼlumotlar tahlili uchun taklif qilingan veyvletlar) kashf etilgan. Oxirgi besh yil ichida barcha ushbu turlicha yondashuvlarning sintezi kuzatildi va bu barcha tegishli sohalar uchun juda samarali boʻldi[1].

 

The wavelet transform is a tool that cuts up data or functions or operators into different frequency components, and then studies each component with a resolution matched to its scale. Forerunners of this technique were invented independently in pure mathematics (Calderón's resolution of the identity in harmonic analysis—see e.g., Calderón (1964), physics (coherent states for the (ax + b)-group in quantum mechanics, first constructed by Aslaksen and Klauder (1968), and linked to the hydrogen atom Hamiltonian by Paul (1985)) and engineering (QMF filters by Esteban and Galland (1977), and later QMF filters with exact reconstruction property by Smith and Barnwell (1986), Vetterli (1986) in electrical engineering; wavelets were proposed for the analysis of seismic data by J. Morlet (1983)). The last five years have seen a synthesis between all these different approaches, which has been very fertile for all the fields concerned.

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Ten Lectures on Wavelets. SIAM, 1 June 1992 — 1-bet. ISBN 978-0-89871-274-2.