Kontent qismiga oʻtish

Irena Sendler

Vikiiqtibosdan olingan
Men hali ham juda kam ish qilganimdan vijdon azobini tuyaman.

Irena Sendler (shuningdek, polyakchada Irena Sendlerowa deb ham ataladi) (1910-yil 15-fevral – 2008-yil 12-may) – Ikkinchi jahon urushi davrida Polsha yashirin harakati va Varshavadagi Polsha aksil-Xolokost qarshilik koʻrsatish harakati faoli boʻlgan ijtimoiy xodim. U 2500 ga yaqin yahudiy bolalarni qutqarishga yordam bergan. Buning uchun qalbaki hujjatlar bilan taʼminlash hamda Varshava gettosidan tashqaridagi alohida va guruhli bolalar uchun uylaridan yashirin joylar topgan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
Men dini va millatidan qatʼi nazar, choʻkayotgan insonni qutqarish kerak degan eʼtiqod bilan tarbiyalanganman.
Xolokost doʻzaxidan beri yarim asrdan koʻproq vaqt oʻtdi, ammo uning sharpasi hamon dunyo uzra kezib yuribdi va bizga buni unutishga yoʻl qoʻymaydi.
  • Oʻsha „olmon supermenlari“ oʻshanda menga nima qilishganining asoratlari hamon tanamda muhrlangan. Men oʻlimga hukm qilingan edim.
    • Nemis „ariylari“ „oliy irq“ boʻlgan degan natsistik doktrinalarga ishora qilmoqda, Adam Eastonning BBC Newsdagi „Holocaust heroineʼs survival tale“ maqolasidan iqtibos (2005-yil 3-mart)
  • Shuni alohida taʼkidlashimga ruxsat bering: bolalarni qutqargan bizlar qandaydir qahramon emasmiz. Toʻgʻrisi, bu atama mening gʻashimni keltiradi. Buning aksi haqiqatdir. Men hali ham juda kam ish qilganimdan vijdon azobini tuyaman.
    • Adam Eastonning BBC Newsdagi „Holocaust heroineʼs survival tale“ maqolasidan iqtibos (2005-yil 3-mart)
  • Men oʻsha qutqaruvchi guruhdan hayot boʻlgan yagona insonman, lekin hamma bilishini xohlayman: biz saʼy-harakatlarimizni muvofiqlashtirganimizda yigirma-yigirma besh kishi edik. Men buni yolgʻiz qilganim yoʻq.
  • Xolokost doʻzaxidan beri yarim asrdan koʻproq vaqt oʻtdi, ammo uning sharpasi hamon dunyo uzra kezib yuribdi va bizga buni unutishga yoʻl qoʻymaydi.
  • Mening yordamim va bugungi kunda hayot boʻlmagan barcha ajoyib maxfiy xabarchilarning yordami bilan qutqarilgan har bir bola – bu mening yer yuzidagi mavjudligimning oqlanishidir, shon-sharaf unvoni emas.
  • Qahramonlar gʻayrioddiy ishlar qilishadi. Mening qilganim gʻayrioddiy narsa emas edi. Bu oddiy hol edi.
    • Rupert Cornwellning The Independent (2008-yil 14-may) gazetasidagi „Irena Sendlerowa: Warsaw social worker who rescued thousands from the Jewish ghetto“ maqolasidan iqtibos.

Sendler haqida iqtiboslar

[tahrirlash]
Uning kimligini soʻrashga yoshi yetganlar oʻz xaloskorlarini faqat „Jolanta“ laqabi bilan bilishardi. ~ Richard Pendlebury
  • Agar avliyo boʻlish – biron bir maqsadga toʻliq fidoyilik, shijoat va begʻarazlik boʻlsa, menimcha, Sendlerova xonim barcha shartlarga javob beradi. Men u haqida hayotingizdan qarzdor boʻlgan insoningiz haqida oʻylagandek oʻylayman.
    • Mixail Glovinski, adabiyot professori, Adam Eastonning BBC News (2005-yil 3-mart) „Holocaust heroineʼs survival tale“ maqolasidan iqtibos.
  • Men va koʻplab qutqarilgan bolalar uchun Irena Sendlerova uchinchi onadir. Yaxshi, dono, mehribon, har doim qabul qiluvchi, u bizning baxt va tashvishlarimizga sherik boʻlgan. Hayotda qiyinchiliklarga duch kelganimizda, Irenadan maslahat olish uchun uning yoniga boramiz.
    • Elzbieta Ficowska, Sendler tomonidan qutqarilgan bolalardan biri, Adam Eastonning BBC News (2005-yil 3-mart) „Holocaust heroineʼs survival tale“ maqolasidan iqtibos.

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: