Isatou Ceesay
Qiyofa
Isatou Ceesay (1972-yilda tugʻilgan) gambiyalik faol va ijtimoiy tadbirkor boʻlib, xalq orasida Qayta ishlash qirolichasi nomi bilan tanilgan. U Gambiyada bitta plastik xalta (One Plastic Bag in the Gambia) deb nomlangan qayta ishlash harakatini boshlab bergan. Ushbu harakat orqali u Gambiyadagi ayollarni plastik chiqindilarni qayta ishlash orqali daromad keltiradigan mahsulotlarga aylantirishga oʻrgatgan.
| Bu ayollar turkumidagi chala maqoladir. Siz sahifani tahrirlash orqali Vikiiqtibos rivojiga hissa qoʻshishingiz mumkin! |
Iqtiboslar
[tahrirlash]„Qayta ishlash qirolichasi“ Isatou Ceesay Gambiyada plastik ifloslanishiga qarshi kurashmoqda (2023)
- „'Queen of Recyclingʻ Isatou Ceesay fights plastic pollution in The Gambia“, Lifegate Daily (30 March 2023)
- Men odamlarning oʻz chiqindilarini uylarining orqa tarafiga va koʻchaga nazoratsiz tashlayotganini koʻra boshladim. Muammo kattalashib borayotgan edi, xolos va chiqindi uyumlari faqat xunuk koʻrinish beribgina qolmay, boshqa muammolarni ham keltirib chiqarardi.
- Biz chiqindi uyumlaridan plastik xaltalarni terib olib, ularni toʻrt doʻstim bilan birga uyga olib bordik. Xaltalarni yuvdik, quritdik, ularni tasmalarga boʻlib chiqdik va ulardan sumkalar toʻqib chiqdik. Boshqalar bizni masxara qilishdi, lekin hech qachon taslim boʻlmadik, biz faqat davom etdik, bularning barchasini ezgu maqsad yoʻlida qilayotganimizni bilardik.
- Mendagi tadbirkorlik ruhi hozirga qadar koʻplab ayollarni kuchli boʻlishiga yordam bermoqda, chunki ularni daromad topish vositalari va koʻmak bilan taʼminlayapti, endi ular oilalariga gʻamxoʻrlik qila olishadi.
