Kontent qismiga oʻtish

Islom

Vikiiqtibosdan olingan
Islom

Qardosh loyihalar

Islom (arabcha: اَلْإِسْلَامُ‎, al-ʼIslām — „boʻysunish“, „itoat etish“) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va buddaviylik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha „muslim“ („sadoqatli“; koʻpligi „muslimun“) deb ataladi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Alloh taolo islomdan nasiba olgan kishini islomdan benasib kishi kabi qilib qoʻymaydi[1].

Har bir narsaning chegarasi boʻladi. Islomning chegaralari quyidagilar: taqvo, kamtarlik, sabr, shukr. Taqvo – ishlarning asosi, kamtarlik – kibrdan uzoq boʻlish, sabr – doʻzaxdan najot topish, shukr – jannat bilan mukofotlanishdir[2].

Islom – Allohning amrlariga taslim boʻlmoq va itoat etmoq demakdir. Lugʻat eʼtibori ila iymon va islom orasida farq bor, lekin islomsiz iymon, iymonsiz islom boʻlmas. Ular ikkisi bir narsaning ichi va tashi kabidir[1].

Islom dini insonlarning bu dunyoda ham, oxiratda ham baxtli-saodatli boʻlishlarini istaydi[3].

Islom dinining jaholatdan kattaroq va qoʻrqinchliroq dushmani yoʻqdir[4].

Islomiyat kitoblarda oʻqiladigan emas, hayotda yashaladigan haqiqat boʻlgani uchun qiymatlidir[5].

Kishi toʻrt ish bilan islomdan chiqadi: biri – bilganiga amal qilmasa, ikkinchisi – bilmaganiga amal etsa, uchinchisi – bilmaganini izlamasa, toʻrtinchisi – bilish va oʻrganishga intilgan odamlarga halaqit bersa (yaʼni, oʻzi bilmaydi, oʻzgani bilishga qoʻymaydi)[7].

Toʻrt narsani toʻrt narsadan talab qildik va bu yoʻlda xato etdik: boylikni moldan talab qildik, u qanoatda ekan; rohatni koʻplikdan izladik, ozlikda ekan; neʼmatni taom va kiyimdan qidirdik, satrda, yaʼni Alloh yopgan ayblarda va Islomda ekan[8].

— Hakim Hotam Lifofiy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Tursun 2006, s. 22.
  2. Tursun 2006, s. 31.
  3. Tursun 2006, s. 27.
  4. Tursun 2006, s. 19.
  5. Tursun 2006, s. 26.
  6. Tursun 2006, s. 67.
  7. Tursun 2006, ss. 12–13.
  8. Tursun 2006, s. 91.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]