Kontent qismiga oʻtish

Ixlos

Vikiiqtibosdan olingan
Ixlos
Qardosh loyihalar

Ixlos (arabcha: ‎‎ — samimiylik, koʻngli ochiqlik; berilganlik, muxlislik; eʼtiqod) — qalb samimiyligi va pokligi (chin yurakdan ishonch va muhabbat) bilan berilish.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Alloh taolo uchun qilingan har ish ixlosdir, xalq uchun qilingan har nima riyodir[1].

Insonlar sababli bir amalni tark qilish — riyodir va insonlar sababli bir amalni bajarish — shirkdir. Alloh bu ikkitasidan saqlagani — haqiqiy ixlosdir[2].

Ixlos amaldan oliydir[3].

Ixlos insonning zohiri ham, botini ham bir xil boʻlganidir[2].

Ixlos – maxluqlarning mulohazasini qilishdan saqlanish, rostgoʻylik esa nafsga itoat etishdan omonda boʻlishdir[2].

Ixlosni aqlli kishilar harakat, sukut, botinu zohir faqat Alloh uchun boʻlib, havoyi nafs ham, dunyo ham aralashmasligi kerak, deb tushunishgan[4].

Ixlosning alomati uch narsada bilinadi: ommaning maqtovi ham, malomati ham bir xil boʻlishi, amallar ichida oʻzining amalini unutish, amallarga savobni oxiratda talab qilish[5].

Ixlos — toatda Alloh taoloning yakka Oʻzini qasd qilish. Toatdan maqsad Allohga yaqin boʻlishdir, maxluqqa koʻrinish uchun yoki insonlardan maqtov eshitish, muhabbatini qozonish kabilar uchun emas[6].

Ixlos – xalqning rioyasini qilishdan saqlanish. Rostgoʻylik esa nafsga itoat etishdan omonda boʻlishdir. Ixlosli kishida riyo boʻlmaydi, rostgoʻyda magʻrurlanish[5].

Muvozanat toʻrt joydadir: iymon va kufr oʻrtasida, toʻgʻrisoʻzlik va yolgʻon oʻrtasida, tavhid va shirk oʻrtasida, ixlos va riyo oʻrtasida[3].

Oriflik — Allohni tanimoqdir, Allohni tanimoq — fikr yuritmoq va ixlosli boʻlmoqdir[7].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Tursun 2006, s. 24.
  2. ↑ 2,0 2,1 2,2 Tursun 2006, s. 47.
  3. ↑ 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 56.
  4. ↑ Tursun 2006, s. 51.
  5. ↑ 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 50.
  6. ↑ Tursun 2006, ss. 50–51.
  7. ↑ Tursun 2006, s. 53.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.