Kontent qismiga oʻtish

Jamiyat

Vikiiqtibosdan olingan
(Jamoatdan yoʻnaltirildi)
Jamiyat

Qardosh loyihalar

Jamiyat (lotincha: socium — „umumiy“) — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui hisoblanadi. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Agar odam tabiatan ijtimoiy mavjudot ekan, binobarin, u oʻzining chinakam tabiatini faqat jamiyatda kamol toptira oladi...[1]

  Karl Marx
  •  

Insonni jamiyatdan tashqarida tasavvur qilib boʻlmaydi[2].

  Lev Tolstoy
  •  

Insonlar odamlar orasidagina odam boʻla oladi[1].

  Iogannes Robert Bexer
  •  

Kishi jamiyat uchun yaralgan. U bir oʻzi yashashga layoqatli emas va bir oʻzi yashashga jurʼati yetmaydi[1].

  Uilyam Blekstoun
  •  

Kishi odamlarning doʻsti boʻlmogʻi kerak, — oʻzida va ularda mavjud fazilatlarning bari uchun u odamlardan qarzdordir[1].

  Maksim Gorkiy
  •  

Kishini tabiat yaratadi, lekin uni jamiyat kamol toptiradi va shakllantiradi[1].

  Vissarion Belinskiy
  •  

Kishi uzlatda yashay olmaydi, unga jamoat kerak[1].

  Iogann Volfgang fon Gyote
  •  

Jamiyat boyligi uni tashkil etgan shaxslarning rango-rangligidan tarkib topadi, chunki tarbiyaning oliq maqsadi — insonning oʻzi[3].

  Vasiliy Suxomlinskiy
  •  

Jamiyatda yashab turib, undan chetda boʻlmoq mumkin emas[2].

  Vladimir Lenin
  •  

Jamiyatsiz inson oʻzida kamolotga yetishish istagining ojizligi bilan gʻarib bir holga tushgan boʻlardi. Lekin hammadan ham muhimi — bizning kamolotimiz jamiyatsiz deyarli maqsadsiz boʻlur edi[1].

  Uilyam Godvin
  •  

Kishi jamiyatda yashash uchun yaralgan; uni jamiyatdan ajratib, yakkalab qoʻysangiz — fikrlari ham almoyi-aljoyi boʻlib qoladi, xarakteri yomonlashadi, yuragida yuzlab noraso ehtiroslar tugʻiladi, xuddi choʻlda oʻsgan yovvoyi togʻolcha singari miyasida bemaʼni gʻoyalar tomir yoyadi[4].

  Deni Didro
  •  

Muloqot kishini goʻzallashtirib, unga ulugʻvorlik baxsh etadi; jamoat ichida odam har qanday soxtagarchilikni yigʻishtirib qoʻyib, oʻzini beixtiyor boshqacha tutadi[1].

  Lyudvig Andreas Feyerbax
  •  

Odam tabiatan ijtimoiy mavjudotdir[1].

  Arastu
  •  

Sen qanchalik istaganingda ham, odamzod turmushidan oʻz hayotingni ajratib ololmaysan. Sen u bilan bir jonu bir tansan. Oyoq, qoʻl-koʻz singari biz oʻzaro aloqa uchun yaratilganmiz[1].

  Mark Avreliy
  •  

Yerdan sugʻurib olinib, qumli sahroga tashlangan giyoh halok boʻlganidek, shaxs baxti ham jamiyatdan tashqarida boʻlmaydi[5].

  Lev Tolstoy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 Voronsov 1989, s. 30.
  2. 2,0 2,1 Voronsov 1989, s. 29.
  3. Voronsov 1989, s. 32.
  4. Voronsov 1989, ss. 29–30.
  5. Voronsov 1989, s. 31.

Adabiyotlar

[tahrirlash]