Kontent qismiga oʻtish

Jannat

Vikiiqtibosdan olingan
Jannat

Qardosh loyihalar

Jannat (arabcha: جَنَّةٍ‎‎; جَنات‎‎) — koʻpchilik diniy taʼlimotlarga koʻra, taqvodor dindorlar narigi dunyoda rohat va farogʻatda yashaydigan joy. Yahudiylik, Xristianlik, Islom dinlaridagi asosiy tushunchalardan biri. Barcha dinlarda Jannat doʻzaxga qarama-qarshi qoʻyiladi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Alloh Adn jannatini yaratdi va unga qarab: „Sen jamiki takabburlarga haromsan!“ dedi[1].

Barcha olimlar va hikmat ahllari Naʼim (neʼmat) jannatiga faqat nafsoniy orzu-havaslarini tark etish bilan yetajaklari haqida bir fikrda boʻlganlar[2].

— Jaʼfar ibn Homid

Birinchi boʻlib jannatga kiradigan kishilar qiyinchilik paytida ham, xursandchilik paytida ham Allohga hamd aytadigan kishilardir[3].

Har bir narsaning toʻlovi (mahri) bor. Jannat mahri dunyo lazzatlaridan voz kechishlikdir[4].

Jannat ahli dunyoda Allohni zikr qilmay oʻtkazgan bir soatiga shu qadar achinadilarki, boshqa biron narsaga shunchalik afsuslanishlarini tasavvur qilib ham boʻlmaydi[3].

Jannat eshigiga uch qator soʻz yozilgan. Ulardan biri: „Nima amal qilgan boʻlsak, topdik. Bergan boʻlsak, foyda oldik. Nimaiki olib qoʻygan boʻlsak, zarar qildik“[5].

— Nazzol ibn Sabra

Jannatga doxil qiluvchi sabablarning eng asosiysi – Allohdan qoʻrqishdir, taqvodor, muttaqqiy, xush axloqli qul boʻlmoqdir[6].

Jannatga ishtiyoqi boʻlgan kishi dunyoda nafsoniy orzu-havaslaridan tiyilsin[7].

Sizlar ikki narsani talab qilursizlar, ammo topmaysizlar: birinchisi – shodlik va xushvaqtlik, ikkinchisi – rohat va orom. Bu ikkalasi jannatda boʻlur[8].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Tursun 2006, s. 153.
  2. ↑ Tursun 2006, s. 58.
  3. ↑ 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 52.
  4. ↑ Tursun 2006, s. 83.
  5. ↑ Tursun 2006, s. 101.
  6. ↑ Tursun 2006, s. 35.
  7. ↑ Tursun 2006, s. 92.
  8. ↑ Tursun 2006, s. 28.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.