Jean de La Bruyère
Qiyofa
| Jean de La Bruyère | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
16-avgust 1645 Parij |
| Vafoti |
10-may 1696 Versal |
| Qardosh loyihalar | |
Jean de La Bruyère (talaffuzi: Jan de Labryuyer; 1645-yil 16-avgust — 1696-yil 11-may) — fransuz yozuvchisi, moralist hajvchi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Bir qarashdayoq kishi haqida hukm chiqarish yaramaydi. Fazilatlar odatda kamtarlik qobigʻi bilan oʻralgan, kamchiliklar riyokorlik niqobiga yashiringan boʻladi[1].
- Biz yordam kutgan odamlarimizning emas, balki yordam bermoqchi boʻlgan odamlarimizning xayrixohligini izlashimiz kerak[2].
- Boshqalarni oʻzingga tenglashtirishga majbur etishdan koʻra, oʻzingni boshqalarga tenglashtirish koʻpincha oson va foydalidir[2].
- Kishining tashqi koʻrinishiga qarab baho berib boʻlmaydi — koʻrinishga qarab faqat taxmin qilish mumkin[1].
- Odamlarga diqqat bilan razm solsangiz, hech kimni maqtamaydigan, hammani yomonlab, hech kimdan koʻngli toʻlmaydigan odamlarning oʻzi ayni hech kim yoqtirmaydigan odamlar ekanini bilib olasiz[2].
- Yaqinlarimiz qanchalik bizga oʻxshagan boʻlsalar, ular shunchalik bizga xush yoqadilar; kimnidir qadrlash — bu aftidan, uni oʻziga tenglashtirishning oʻzginasidir[3].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Voronsov 1989, s. 37.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Voronsov 1989, s. 40.
- ↑ Voronsov 1989, s. 38.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.