Kontent qismiga oʻtish

Jaholat

Vikiiqtibosdan olingan
(Johillikdan yoʻnaltirildi)
Johillik
Qardosh loyihalar

Jaholat (arabcha: ‎‎ — ilmsizlik, bilimsizsizlik, nodonlik), johillik — jaholatda qolgan, ilm-maʼrifatdan mahrum; qoloq, madaniyatsiz, nodon.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Aqlli boʻlsang, johil va nodondan hazar qil. Aqalli biroz bilimi bor kishi ulardan albatta yuz chaqirim uzoqlashadi[1].

Eng johil inson oxiratini birovning dunyosi uchun sotgan kishidir[2].

Eng zararli gunohlardan biri — johillik bilan toatda boʻlish va bu — johillik oqibatida gunohkor boʻlishdan ham kuchliroqdir[3].

Ilmda Alloh qoʻrquvsi kifoyadir. Jaholatda Allohning mulkida Unga qarshi gʻururlanmoq kifoyadir[4].

Jaholatni ilm bilan yoʻq qilishga harakat eting. Har bir ishni ilm bilan hal qilinglar[5].

Johil dovulga oʻxshaydi, ovozi juda kuchli, ammo ichi boʻshdir[6].

Johil kishilar oldida kamtarlik qilmagil, aks holda ular nazarida sen tuban va sharmandadirsan. Haqir va notavon koʻrinmay desang, donolar oldida takabbur boʻlmagil[7].

Johilni johillikdan asrashdan koʻra, borki narsalarning barini johillikdan asrash osonroqdir[8].

— Qobus

Johilning bilaman deyishi koʻrning koʻraman deyishi kabidir[9].

Johilning uzun hassasi bor, lekin uning bir uchi doimo oʻzining boshida turadi[10].

Ogʻirchilik va gʻamginlikda qurilgan oqil suhbati bazm va ishratda oʻtkazilgan johil suhbatidan afzaldir[10].

Qobiliyat egasining boshini silamaslik – zolimlik, isteʼdodi yoʻqni tarbiyalash – johillik[10].

Quyosh koʻrlarga koʻrinmay berkinganidek, johillarga ham dunyoda toʻgʻri yoʻl belgilari koʻrinmay qoladi[11].

Tahsil olish mashaqqatini tortgan odam johillik kasaliga duchor boʻlmaydi[12].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Tursun 2006, s. 67.
  2. ↑ Tursun 2006, s. 80.
  3. ↑ Tursun 2006, s. 68.
  4. ↑ Tursun 2006, s. 155.
  5. ↑ Tursun 2006, s. 15.
  6. ↑ Tursun 2006, s. 10.
  7. ↑ Tursun 2006, ss. 64–65.
  8. ↑ Tursun 2006, s. 66.
  9. ↑ Tursun 2006, s. 20.
  10. ↑ 10,0 10,1 10,2 Tursun 2006, s. 58.
  11. ↑ Tursun 2006, s. 64.
  12. ↑ Tursun 2006, s. 62.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]