Kontent qismiga oʻtish

Julius Caesar

Vikiiqtibosdan olingan
Julius Caesar

Tusculum portreti tomonidan tasvirlangan Caesar
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi mil. avv. 100-yil 12-iyul
Suburra, Rim
Vafoti mil. avv. 44-yil 15-mart
Pompey teatri, Rim
Qardosh loyihalar


Gay Yuliy Sezar (lotincha: Imperator Gaius Iulius Caesar – Imperator Gay Yuliy Sezar (Gayus Yulius Qaysar)) (Klassik lotincha: GAIVS IVLIVS CAESAR) (mil. avv. 100-yil 12-iyul – mil. avv. 44-yil 15-mart) – Rim diktatori (49, 48— 46, 45; 44 yildan umrbod), sarkarda, yozuvchi. Siyosiy faoliyatini demokratik guruh tarafdori sifatida boshlab, harbiy tribun (73), edil (65), pretor (62) lavozimlarida boʻlgan. Konsullikka intilib, 60-yili Pompey va Krass bilan ittifoq tuzgan (1-triumvirat). Konsul (59), soʻngra Galliya noibi; 58—51-yillarda butun Alporti Galliyasini Rimga boʻysundirgan. Krass vafotidan keyin 48 yil armiyaga tayanib, yakka hokimlik uchun kurash boshlagan. Pompey va uning tarafdorlarini 49—45-yillarda tormor qilib, hokimiyat tepasiga chiqqan. Oʻz qoʻlida respublikaning eng muhim lavozimlarini (diktator, konsul va boshqalar) jamlab, amalda rasmiy monarx boʻlgan. Respublikachilar fitnasi natijasida oʻldirilgan. „Galliya urushi haqida xotiralar“ va „Fuqarolar urushi haqida xotiralar“ asarlari muallifi; taqvimni isloh qilgan (Yulian taqvimi).

Iqtiboslari

[tahrirlash]
Fere libenter homines id quod volunt credunt.
Qurʼa tashlandi.
Taqdir — boshqa ishlar ustidan ham, ayniqsa urushda, katta kuchga ega; u juda kichik kuchlar orqali ham vaziyatda buyuk oʻzgarishlarni yuzaga keltira oladi.
  • Veni, vidi, vici.
    • „Keldim, koʻrdim, egalladim“. Kichik Osiyoning Zela shahri yaqinida Bospor podshosi Farnak IIni atigi besh kunda tormor keltirgan Sezarning mil. avv. 47-yilda Rim Senatiga yuborgan nomasida yozilgan. Plutarxning „Sezar hayoti“ asarida yunon tilida (ἦλθον, εἶδον, ἐνίκησα) keltirilgan[1]. Shuningdek, Suetoniyning „Oʻn ikki Sezar hayoti“ asarida ham lotin tilida (veni, vidi, vici) Pontus ustidan qozonilgan gʻalaba tantanalarida bezatilgan aravalardan biriga yozib qoʻyilgani xabar qilinadi[2].
    • Variant tarjimasi: Keldim, koʻrdim, gʻalaba qozondim
  • Alea iacta est.
    • Qurʼa tashlandi.
      • Bu iqtibos Suetoniyning Vita Divi Iuli [Ilohiylashtirilgan Sezarning hayoti] (milodiy 121-yil) asarining 33-paragrafida keltirilgan. (Caesar: … „Iacta alea est“, inquit. – Sezar deydiki … „qurʼa tashlandi“.)
    • Bu soʻzlar mil. avv. 49-yil 10-yanvarda Sezar oʻz legionlari bilan Rubikon daryosini kesib oʻtganida aytilgan. Bu harakat bilan u Pompey qoʻshinlariga qarshi fuqarolar urushini boshladi. Rubikon Galliya viloyatining chegarasi boʻlib, Sezar armiyasini faqat shu hududda saqlashga vakolatli edi. Uni kesib oʻtish Italiyaga bostirib kirish hisoblanardi.
    • Plutarxning „Pompeyning hayoti“ asarida esa boshqa shaklda keltiriladi (60.2.9):
Ἑλληνιστὶ πρὸς τοὺς παρόντας ἐκβοήσας, „Ἀνερρίφθω κύβος“, [anerrhíphtho kúbos] διεβίβαζε τὸν στρατόν.
U [Sezar] yunon tilida baland ovoz bilan „qur’a tashlanaversin“ degan va qoʻshinini daryodan olib oʻtgan.
Deipnosophistaening 13-kitobida aytilishicha, Sezar bu soʻzlarni yunon dramaturgi Menandrning „Ἀρρηφόρῳ“ (Arrephoria yoki „Naychichi qiz“) asaridan iqtibos qilgan. Kitobning 8-paragrafida „Ἀνερρίφθω κύβος“ (anerrhíphtho kúbos) deyilgan. Iboraning yunonchasidagi asl maʼno: „qur’a tashlanaversin!“, „Oʻyin boshlanaverisin!“ boʻlib, lotinchaga iacta alea estō tarzida oʻgiriladi. Lewis and Shortda shunday keltirilgan[3].

Manbalar

[tahrirlash]