Kontent qismiga oʻtish

Kaʼbul Axbor

Vikiiqtibosdan olingan
Kaʼbul Axbor
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi VI
Yaman
Vafoti 650 va 652
Hims
Qardosh loyihalar

Kaʼbul Axbor yoki Kaʼb ul-Axbor – VII asrda yashagan yamanlik yahudiy boʻlib, xalifa Umar davrida islomni qabul qilgan. U isroiliyot va musulmon rivoyatlarining eng eski roviysi hisoblanadi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Allohdan qoʻrqib yigʻlashim va koʻz yoshlarimning yuzimga oqishi tanam ogʻirligicha tilloni sadaqa qilishimdan yaxshiroqdir. Qaysi banda Alloh taolodan qoʻrqib yigʻlasa-yu, koʻz yoshidan bir tomchi yerga tushsa, toki tomchi osmonga chiqib ketmagunicha unga doʻzax oʻti tegmaydi. Holbuki, osmondan tushgan tomchi qaytmagani singari u ham hech qachon samoga qaytmaydi. Dunyoda Allohdan qoʻrqib yigʻlagan kishiga hech qachon doʻzax oʻti yetmaydi[1][2].
  • Bizlar Allohning oʻz paygʻambarlariga nozil qilgan kitobida quyidagi soʻzlarini topdik: „Kimni Meni zikr etish mashgʻul qilib, Mendan soʻrashni unuttirsa, unga Mendan soʻraganlaridan ham oliyrogʻini beraman“[1][3].
  • Paygʻambarlarning kitoblarida oʻqidim. Kim gʻiybatdan tavba qilib oʻlsa, u jannatga kiruvchilarning oxiri boʻladi. Kim gʻiybatni davom ettirib oʻlsa, u doʻzaxga kiruvchilarning birinchisi boʻladi[1][5].
  • Qiyomat kunida mutakabbirlar odamlar suratidagi mayda chumoli holatida keltiriladi. Ularni har tomonlama xorlik oʻrab oladi. Olovlardan boʻlgan doʻzaxga yoʻnaltiriladi hamda doʻzax ahlidan siqilgan suv bilan sugʻoriladi[1][6].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. ↑ Tursun 2006, s. 34.
  3. ↑ Tursun 2006, ss. 45–46.
  4. ↑ Tursun 2006, s. 28.
  5. ↑ Tursun 2006, s. 188.
  6. ↑ Tursun 2006, s. 156.
  7. ↑ Tursun 2006, s. 133.
  8. ↑ Tursun 2006, s. 139.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.