Kontent qismiga oʻtish

Kamolot

Vikiiqtibosdan olingan
Kamolot

Qardosh loyihalar

Kamol, kamolot, komillik — har jihatdan toʻkislik; mukammallik, yetuklik.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Agar kishi faqat oʻzi uchun mehnat qilsa, ehtimol, u mashhur olim, buyuk donishmand, ajoyib shoir boʻlishi mumkin, lekin hech qachon tom maʼnodagi kamolotga erishgan ulugʻ inson boʻlolmaydi[1].

  Karl Marks
  •  

Boshqalar qusrini avf eta olish yuksak kamolot belgisidir[2].

  Gugo Vinkler
  •  

Hayot — bu betoʻxtov kamolotdir. Kamolotga yetdim, deyish — oʻz-oʻzini mahv etmoqlikdir[3].

  Fridrix Gebbel
  •  

Hayotning maʼnosi — insonning kamolotga erishuvidadir[3].

  Maksim Gorkiy
  •  

Haqiqiy va komil inson yomon xislatlardan, nomaʼqul va nomargʻub xulq-atvordan pok boʻladi, goʻzal sifat va axloq bilan oʻzini orasta qiladi, halol mehnat qilib umr kechiradi, yomonlardan chetlanadi, yaxshilar qatoridan joy oladi, hech kimga ozor bermaydi[4].

  Aziz ibn Muhammad Nasafiy
  • Har yoshki egadir husnu jamolga,
    Osmonda quyoshdir yetgach kamolga![5]
  •  

Inson ijtimoiy, davlat manfaatlariga qanchalik keng naf keltirsa, u shunchalik kamolotga yetishgan boʻladi[1].

  Dmitriy Mendeleyev
  •  

Kamolotga erishmoq kerak. Har qanday xarakterni ham oʻzgartirsa boʻladi. Agar odam chinakamiga istasa, oʻzini ayamasa, qanoat, iqtidor, hatto jismoniy kuchni ham oʻzida topishi mumkin[3].

  Mixail Frunze
  •  

Kishi qanchalik aqliy va axloqiy kamol topgan boʻlsa, u oʻzini shunchalik ozod his qiladi, unga hayot shunchalik kulib boqadi[6].

  Anton Chexov
  •  

Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi[7].

  Abu Rayhon Beruniy
  •  

Nodon odam molni, aqlli odam esa fazl-u kamolni qidiradi[8].

  Muhammad Zehniy
  •  

Qalbida quyidagi toʻrt narsa boʻlmagan inson komil boʻla olmaydi: oʻzini jilovlay olish, qoʻli ochiqlik, izzat-nafsini ushlash, boshqalarni oʻzidan yuqori qoʻya olish[9].

  Abu Usmon Hiriy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Voronsov 1989, s. 33.
  2. Voronsov 1989, s. 39.
  3. 3,0 3,1 3,2 Voronsov 1989, s. 35.
  4. Tursun 2006, s. 125.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 72.
  6. Voronsov 1989, s. 29.
  7. Tursun 2006, s. 136.
  8. Tursun 2006, s. 63.
  9. Tursun 2006, s. 158.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.