Kontent qismiga oʻtish

Kamtarlik

Vikiiqtibosdan olingan
(Kamtarinlikdan yoʻnaltirildi)
Kamtarlik

Qardosh loyihalar

Kamtarlik, kamtarinlik — kamtarga xos xususiyat, fazilat.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Bandaning eng goʻzal libosi kamtarinlik va xokisorlikdir, oriflar libosi esa taqvodir[1].

Johil kishilar oldida kamtarlik qilmagil, aks holda ular nazarida sen tuban va sharmandadirsan. Haqir va notavon koʻrinmay desang, donolar oldida takabbur boʻlmagil[2].

Kamtarlikni tahqirlatish darajasiga tushirib yuborishdan asranmoq kerak[3].

— Abbos Boqixonov

Kimki oʻzini past olib kamtar tutsa, Alloh taolo uning qadrini baland va aziz qiladi[3][4].

— Abul Hasan Bushnakiy

Makorimul-axloq (yuksak xulq) quyidagi oʻn xislatdan iboratdir: saxovat va hayo, rostgoʻylik va omonatni joyiga berish, kamtarlik va rashk, shijoat va halimlik, sabr va shukr[5].

Manfaatli kamtarinlik — sendan kibrni quvgan, vujudingda gʻazabni soʻndirgan kamtarinlikdir[1].

Ojizlikdan kelib chiqadigan kamtarlik fazilat emas[6].

Qanoat mevasi – rohat, kamtarlik mevasi – muhabbat[7].

Yaxshilik uyining kaliti — kamtarinlikdir, yomonlik uyining kaliti — takabburlikdir[1].

Yaxshilik va kamtarlik — shu ikki fazilatdan kishi hech qachon charchamasligi kerak[8].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 Tursun 2006, s. 158.
  2. Tursun 2006, ss. 64–65.
  3. 3,0 3,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  4. Tursun 2006, s. 154.
  5. Tursun 2006, s. 122.
  6. Tursun 2006, s. 152.
  7. Tursun 2006, s. 86.
  8. Voronsov 1989, s. 42.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]