Kontent qismiga oʻtish

Katerina Sakellaropoulou

Vikiiqtibosdan olingan
Prezident Katerina Sakellaropoulou

Katerina Sakellaropoulou (yunoncha: Κατερίνα Σακελλαροπούλου, Katerína Sakellaropoúlou [kateˈrina sakelaroˈpulu]; 1956-yilniing 30-mayida tugʻilgan) – Gretsiyalik sudya. 2020–2025-yillarda Gretsiya prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. U 2020-yil 22-yanvarda Gretsiya parlamenti tomonidan saylanib, Prokopis Pavlopoulos oʻrnini egallagan. Prezident etib saylanishidan oldin Sakellaropoulou Davlat kengashi prezidenti lavozimida ishlagan, bu Gretsiyadagi eng yuqori maʼmuriy sud hisoblanadi. U mamlakat tarixidagi birinchi ayol prezidentdir.[1]

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • „Bugun bu yerda boʻlish va Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudiga murojaat qilish men uchun katta sharaf va quvonchdir. Konvensiyaning nihoyatda muhim ekanligi haqidagi shaxsiy qarashlarim sudya va Gretsiya Davlat kengashi prezidenti sifatidagi uzoq yillik faoliyatim davomida shakllangan“.
  • „Gretsiya Respublikasi prezidenti sifatida mamnuniyat bilan tasdiqlaymanki, mamlakatim va Yevropa Kengashi oʻrtasidagi aloqalar mustahkam va oʻzgarmas boʻlib qolmoqda“.
  • „Inson huquqlari boʻyicha Yevropa konvensiyasi dinamik matn va ‘tirik hujjatʼ ekanligi haqidagi tushuncha Strasburg sud amaliyotining boshidan buyon muhim xususiyat boʻlib kelgan.“
  • „Konvensiya boʻyicha sud amaliyoti milliy qonunchilik va ichki huquq tizimi uchun islohot kuchi boʻlib xizmat qilgan. Xususan, Gretsiyada diniy erkinlik, mulk huquqlari va adolatli sud kafolatlari sud qarorlarini amalga oshirish natijasida yanada samarali himoya qilinmoqda“.
  • „Konvensiyani qoʻllash konstitutsiyaviy oʻzgarishlarga ham olib keldi: tegishli qarordan soʻng vijdon erkinligini tan olish asosida 4-modda boʻyicha izohli qoʻshimcha kiritildi“.

Boshqalarning fikrlari

[tahrirlash]

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia