Kontent qismiga oʻtish

Kecha va kunduz

Vikiiqtibosdan olingan
Kecha va kunduz
Qardosh loyihalar

Kecha va kunduz – oʻzbek yozuvchisi Abdulhamid Choʻlpon tomonidan yozilgan roman. Oʻzbek adabiyotidagi ilk roman-dilogiya.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Bizning baxtsizligimiz – nodonligimizda, xolos. Millat uygʻonsin, koʻzini ochsin, oʻqisin, bilim olsin, madaniy millatlar qatoriga kirsin, soʻngra u ham oʻz davlati, oʻz baxti, oʻz saodatini quradi[1].
  • Bizning butun fojiamiz shundaki, doʻstimiz bilan dushmanimizni ajrata olmaymiz[1].
  • Dunyoda oson ish bormi? Puling boʻlsa, davlating boʻlsa, ogʻzing bilan gapirib topsang… qani edi… Bu davlatni xudovandi karim hammaga bermas ekan! Berganga berar ekan![1]
  • Ibtidoiy tarbiyani rus maktablaridan boshlab boʻlmaydi, uni milliy maktablarda berish kerak. Ilgari milliy hissini oʻstirib, oʻz millatini tanigandan keyin rus maktabiga berish kerakki, hunarga, ixtisosga tegishli ilmlarni oʻqisin[1].
  • Mastning koʻziga mushuk – fil, fil – mushuk boʻlib koʻrinadi… Kampirni – pari qiz qilib koʻrsatadigan tilsimli oyna ichkilikdan boshqa narsa emas![1]
  • Millat bolalarining baxti haqiqiy, madaniy onalar qoʻlida boʻlmasa, bizning oqibatimiz yomon![1]
  • Odamlarga ishonma, dedim-ku. Bu odamlar tegirmonchi Shamsidinni ham yaxshi qoʻshiqchi, deb yer-koʻkka sigʻdirmay maqtaydilar. Ovozini eshitgandirsan? Eshak hangrasa, undan aʼlo…[1]
  • Podsholik hamma vaqt yurtning obroʻylik odamlarini himoya qiladi.[1]
  • Til bilan birovning aybini aytish oson, oʻz tili bilan oʻz aybini aytadiganlar juda kam.[1]
  • Xotin kishining koʻnglini xudodan boshqa hech kim bilmaydi.[1]
  • Oʻzbek-da, axir, har bir erkak oʻz xotinini – oʻz halol juftini qizi yo oʻgʻlining nomi bilan atab chaqiradi. Oʻz xotinining ismini aytib chaqirish yaramaydi. Xotinining ismi Maryam, qizining ismi Xadicha boʻlsa, moʻmin-musulmon: – sharmu-hayo yuzasidan boʻlsamikan? – xotinini „Xadicha“ deb chaqiradi. Aksar ona-bola baravar „labbay!“ deydi; shunday-da, oilaning haqiqiy egasi boʻlgan ota: „Kattangni aytaman, kattangni!“ deydi. Hatto shunda ham „Maryamni“, demaydi…[1]

Manbalar

[tahrirlash]