Kontent qismiga oʻtish

Kechirim

Vikiiqtibosdan olingan
Kechirim
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolar

Kechirim — 1) afv etish, uzr; 2) afv etishning xususiy shakli; davlat boshligʻi tomonidan jinoiy jazoning bekor qilinishi yoki yumshatilishidan iborat xususiy afv.



  •  

Aqllilik ikki narsadan iborat: gʻazab kelganda oʻzini bosishdan va birovdan kuchli boʻlganda uni kechirishdan.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Aqlli kishi oʻz nuqsonlari uchun uzr soʻraydi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Azizim, sen kechirish xislatini oʻzingga shior qil, atrofingdagilardan arzimas gunohlari uchun yuz oʻgiraverma! Ularni afu suvi va marhamat nuridan bahramand et! Ularning ahvolidan doimo xabardor boʻlib tur! Marhamat yuzasidan shafqat libosini inʼom ayla! Chunonchi aytadilar:
Oʻzing bunyod etgan mevali shoxni,
Oʻzing nobud etsang, koʻp yomon boʻlar![3]

  Xoja Samandar Termiziy
  •  

Nomard kishi uzringni qabul etmaydi, xatoyingni esa kechirmaydi.

  Otalar soʻzi[4]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 62.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 59.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 215.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 82.

Adabiyotlar

[tahrirlash]