Kontent qismiga oʻtish

Qarilik

Vikiiqtibosdan olingan
(Keksalikdan yoʻnaltirildi)
Qarilik

Oʻzbek otaxonlar
Qardosh loyihalar

Qarilik, keksalik, qariyalik — organizm hayotining yoshga bogʻliq muayyan bir davri, muqarrar ravishda yuz beradigan jarayon.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Johil keksadan aqlli yosh yaxshi.

Keksa kishi boʻlsa nodon-u johil,
Aqlli goʻdakni undan afzal bil[2].

Keksalarni etsang aziz-u hurmat,
Seni ham keksaygach, etishar izzat[3].

Keksaygan odam yoshlik oʻtida yonolmaydi[4].

Qarilik hayot gullarini soʻlitib, nishlarini oʻtkirroq qiladi[5].

Qarilik ziynati gapiraverishda emas, balki jim oʻtirishdadir[6].

Tajribali keksalar shijoatli yoshlardan koʻra chora va tadbirga ustaroqdirlar.
Bayt:
Yoshlar bilan jangu jadal ichra kir,
Yongish tadbirin keksadan qidir.
Garchi yoshlar boʻlsa botiru chaqqon,
Ammo keksa dili choragadir kon![7]

Ustingga keksalik kiyimi tashlangan boʻlsa ham biroq sen uzoq umr koʻrish hirsida (taʼmasida) yangi-yangi kiyimlar kiymoqdasan[8].

Uzoq yashaganini faqat yoshga qarab baholaydigan qariyadan nochor odam yoʻq[9].

Seneka

Yigitlar uchun — sharm-hayo va bahodirlik, keksalar uchun — sabr va maʼrifat yaxshiroqdir[10].

Yoʻlini bilgan odamga keksalik ham xuzur-halovat ogʻushidir[9].

Seneka

Gʻam-gʻussa qarishni tezlatadi.

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 74.
  2. Tursun 2006, s. 8.
  3. Tursun 2006, s. 119.
  4. Tursun 2006, s. 117.
  5. Tursun 2006, s. 116.
  6. Tursun 2006, s. 149.
  7. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 154.
  8. Tursun 2006, s. 115.
  9. 9,0 9,1 Voronsov 1989, s. 25.
  10. Tursun 2006, s. 160.
  11. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 206.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.