Kibr-havo, manmanlik, dimogʻdorlik — oʻz shaxsiyatiga, qobiliyatiga ortiqcha baho berish, oʻzini boshqalardan yuqori qoʻyish, kalondimogʻlik oqibatida namoyon boʻladigan salbiy axloqiy sifat. Bu sifat kishilarni mensimaslik, ularga past nazar bilan qarash, oʻrinsiz gʻururga berilish, oʻzining arzimas yutuqlarini boʻrttirib koʻrsatish va boshqalarda koʻrinadi.
Aytadilar: — Agar sen hayotim yaxshi oʻtsin desang, doʻstga ham, dushmanga ham ochiq yuzli boʻl, oʻzingni baland tutishga urinma, oʻtirganda barmoqlaringni bir-birining orasiga suqib oʻtirma, uzugingni oʻynama, tirnogʻing bilan tishlaringni kovlama, barmogʻing bilan burningni ushlama, odamlarga qarab kerishma![1].
Ey mutakabbir banda, sen jannatga kirishni xayolingga ham keltirmagin. Chunki Iblis jannatdan kibr-u havosi tufayli haydalgan. Kibr-u havo qilgan insonlar jannatga kiritilmaydilar[3].
Kibr kofirlarning va firʼavnlarning axloqidandir. Tavozeʼ esa paygʻambarlar va solihlarning axloqidandir. Chunki Alloh taolo kofirlarni kibr bilan sifatladi[5].
Shahvat tufayli qilingan gunohlar kechirilishiga umid qilsa boʻladi, chunki Odam alayhissalomning adashishi shahvatdan boʻlgan edi. Ammo kibr tufayli qilingan gunohlarning avf etilishiga umid yoʻq, chunki shayton kibri sababli kechirilmas gunohga qoldi[4].