Kiyim – inson tanasini tashqi muhit (iqlim, ob-havo oʻzgarishlari, quyosh nuri va boshqalar) taʼsiri va turli mexanik taʼsirlardan asraydigan vositalar toʻplami; estetik vazifani bajaradi hamda jins, yosh, milliylik va boshqa xususiyatlarni oʻzida aks ettiradi. Keng maʼnoda „Kiyim“ tushunchasi bosh kiyimlar, oyoq kiyimlar (poyabzal), qoʻlqop va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi.