Kontent qismiga oʻtish

Yordam

Vikiiqtibosdan olingan
(Koʻmakdan yoʻnaltirildi)
Yordam

Qardosh loyihalar

Yordam, koʻmak yoki madad — biror ishni bajarishda koʻmaklashish, qarashish.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Azizim, jafo koʻrgan kishi senga arz qilib, yordam soʻrab kelsa, sen aslo diltang boʻlma! Chunki martaba egasi tabib hukmidadir. Bemor oʻzining barcha dardlarini tabibga aytmasa, tabib uning kasalligi siridan voqif boʻlolmaydi. Natijada shifo sharbatini jafo chekuvchiga ichirolmaydi[1].

Kimning hojati tushsa, unga koʻmak berish sizga vojibdir[2].

Muhtojga yordam berishni ertaga qoldirmang. Zero, sizga yoki unga ertaga nima boʻlishini bilmaysiz[3].

Yordam berishning goʻzalligi undan kishining tasalli topishida koʻrinadi[4].

Yordamini oʻzgalardan darigʻ tutmagan inson zikri keng yoyiladi[5].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 194.
  2. Tursun 2006, s. 111.
  3. Tursun 2006, s. 108.
  4. Tursun 2006, s. 98.
  5. Tursun 2006, s. 134.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.