Kollektiv
| Kollektiv | |
|---|---|
| Qardosh loyihalar | |
Kollektiv (lotincha: collectivus – jamlovchi soʻzidan) — biror umumiy faoliyat, ish, oʻqish yoki muayyan ijtimoiy vazifani bajarish maqsadida birlashgan shaxslar guruhi. Keng maʼnoda esa, umumiy gʻoyalar, ehtiyojlar va manfaatlar asosida birlashgan odamlar jamoasi.
K
[tahrirlash]Kishi qanchalik isteʼdodli boʻlmasin, baribir kollektiv hamisha donoroq va qudraliroqdir[1].
Kollektiv kishini faolroq, qatʼiyatliroq, harakat qilish uchun, hayotni qurish uchun kollektiv irodasidan iroda oladigan butunlay boshqacha individual psixologiya bilan yaratadi[1].
Kollektivning tarbiyaviy kuchi haqida gʻamxoʻrlik qilish — bu kollektivdagi har bir kishining maʼnaviy boyligi va kamoloti haqida, oʻzaro munosabatlarning boyishi haqida qaygʻurishdan boshqa narsa emas[2].
Kollektiv — qandaydir notayin toʻda emas. U oʻz shaxsiyatiga ega kishilarni birlashtirgan boy xazinadir[2].
Kollektiv qanchalik keng, uning istiqboli esa kishilar uchun shaxsiy istiqbol darajasiga koʻtarilgan boʻlsa, inson shu qadar goʻzal va ulugʻvordir[1].
T
[tahrirlash]Sh
[tahrirlash]Shaxs faqat kollektivdagina oʻz qobiliyatini har tomonlama taraqqiy ettirish uchun imkon beradigan vositalarni ola biladi va binobarin, shaxs ozodligi faqat kollektivdagina boʻlishi mumkin[2].
Shaxs kollektiv bilan qoʻshilib oʻzligini yoʻqotmaydi. Aksincha, u kollektivda maʼnaviyat va kamolotning gultojiga aylanadi[2].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Voronsov 1989, s. 31.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Voronsov 1989, s. 32.
- ↑ Voronsov 1989, ss. 31–32.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (
PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.