Kontent qismiga oʻtish

Komil Allamjonov

Vikiiqtibosdan olingan
Komil Allamjonov

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 18-sentyabr 1984
Toshkent
Qardosh loyihalar

Komil Ismoilovich Allamjonov (1984-yil 18-sentyabr, Toshkent) – oʻzbek davlat va jamoat arbobi, jurnalist.

Iqtiboslari

[tahrirlash]

10-may

[tahrirlash]

Soʻz erkinligi – bu barchaning huquqi. Matbuotning ham, unda aks ettirilayotgan shaxslarning ham. Shu muvozanatni ushlash muhim. Demak, ortga yoʻl yoʻq – bu aniq. Faqat oldinga. Oldinga – huquq, meʼyor va qonun doirasida, oldinga. Bugungi davrda matbuot – nafaqat koʻzgu, balki mudofaa, xavfsizlik masala darajasidagi institutdir[1].

12-fevral

[tahrirlash]

Katta oyim rahmatlik har doim duo qilganlarida oʻt balosidan, suv balosidan, quruq tuhmatdan Allohning oʻzi asrasin, derdilar. Oʻtgan 5 oy ichida oʻzimdan oʻtgani faqat oʻzimga, oilamga, eng yaqinlarimga ayon. Haqiqat egilganda egilib, bukilgandayam ikki bukilib baribir sinmadi, u baribir yuzaga chiqdi. Yuzaga chiqadi ham. Allohga ming shukur. Bandasidan qochganlar Yaratgandan qocholmaydi. Hali oldinda qiladigan ishlar, yana koʻp sinovli kunlar bor. Ilohim bularning hammasidan yorugʻ yuz bilan oʻtish nasib qilsin! Alloh hammamizning omadimizni bersin![2]

Manbalar

[tahrirlash]