Kommunizm
| Kommunizm | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Kommunizm (lotincha: communis — „umumiy“) — xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli qarashlarning umumiy nomi (ibtidoiy kommunizm, xayoliy kommunizm, „kazarma“ kommunizmi va boshqalar). Unga koʻra, yagona umumiy (ijtimoiy) mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining asosini tashkil qiladi. Bu gʻoya „ideal jamiyat“ nomi bilan Platon, keyinroq Thomas More, Tommaso Campanella, Charles Fourier va boshqalarning asarlarida ilgari surildi. Kommunizm yoki kommunistik jamiyat nomi bilan XIX—XX asrlarda Karl Marx, Friedrich Engels va Vladimir Lenin asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, kommunizm — kapitalizm oʻrnini egallaydigan va oʻz taraqqiyotida 2 bosqich (faza) — sotsializm deb ataladigan quyi bosqich hamda toʻla kommunizm deb ataladigan yuqori bosqichni bosib oʻtadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir.
B
[tahrirlash]Biz shunga intilishimiz kerakki, oʻz shaxsiy hayotimizni kurash ishi bilan, kommunizm qurish ishi bilan bogʻlashimiz zarur[1]. | |
| — Nadejda Krupskaya |
K
[tahrirlash]Kommunist — avvalambor ijtimoiy insondir, ijtimoiy instinktlari oʻtkir, barcha odamlarning yaxshi yashashini, barcha odamlarning baxtli boʻlishi istovchi insondir[2]. | |
| — Nadejda Krupskaya |
Kommunizmning maqsadi — har bir shaxsning ozodligi, uning ravnaqiga xalaqit beradigan barcha moddiy va maʼnaviy shart-sharoitlarni yoʻq qilishdir[3]. | |
| — Romen Rollan |
Kommunistik printsiplarni agar oddiy holda tasavvur qiladigan boʻlsak — bu yuksak bilimli, halol, ilgʻor kishining printsiplaridir, bu — sotsialistik Vatanga muhabbat, doʻstlik, oʻrtoqlik, insonparvarlik, poklik, sotsialistik mehnatga muhabbatdir[4]. | |
| — Mixail Kalinin |
Yana qarang
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Voronsov 1989, ss. 32–33.
- ↑ Voronsov 1989, s. 33.
- ↑ Voronsov 1989, s. 32.
- ↑ Voronsov 1989, s. 26.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.