Kontent qismiga oʻtish

Kylie Jenner

Vikiiqtibosdan olingan
Kylie Jenner

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 10-avgust 1997
Los Anjeles
Qardosh loyihalar

Kylie Kristen Jenner (1997-yil 10-avgustda tugʻilgan) – amerikalik ijtimoiy arbob, media shaxsiyati va biznesmen ayol. U 2007-yildan 2021-yilgacha Kardashianlar bilan hamnafas nomli E! realiti-serialida, 2022-yildan boshlab esa Kardashianlar nomli Hulu realiti-serialida suratga tushgan. U kosmetika kompaniyasi Kylie Cosmetics asoschisi va egasi. Shuningdek, u Instagram’dagi eng koʻp obunachiga ega odamlar orasida beshinchi oʻrinda turadi.

2012-yilda, 14 yoshida Jenner oʻzining opasi Kendall bilan birgalikda kiyim-kechak brendi PacSun bilan hamkorlik qilib, Kendall & Kylie nomli kiyimlar toʻplamini yaratdi. 2015-yilda u oʻzining kosmetika liniyasini ishga tushirdi – Kylie Lip Kits, keyingi yilda esa bu kompaniya nomi Kylie Cosmetics deb oʻzgartirildi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  •  

Men orzu qilgan eng zoʻr make-up liniyasini yaratish imkoniyatiga ega boʻldim. Bu mening yagona orzuyim. Juda koʻp narsalarni oʻrgandim va mening yoshimdagi odamlar tasavvur ham qilolmaydigan tajribalarni boshdan kechirdim. Yoshim va obroʻyim tufayli odamlar meni biznesmen ayol sifatida jiddiy qabul qilmaydi deb oʻylayman. Ammo endi ular asta-sekin qabul qila boshlashgan. Men odamlarga xato fikrda ekanliklarini isbotlashni yaxshi koʻraman. [„Kylie Jennerning biznes olami haqida aytgan barcha gaplari“, People (2017-yil 15-avgust)]

 

I had the opportunity to make like the coolest makeup line that I've always dreamed of. It's really my only passion. I learned a lot though and just have experienced things that people my age do not even know how to handle. I do feel like people don’t take me seriously as a businesswoman because of my age and my reputation. But I do think they’re starting to. I like to prove people wrong.

  •  

Hozir juda koʻp ishlarni bir vaqtda olib borayotgandayman, lekin asosiy eʼtiborim kosmetika liniyamda. Qilishim kerak boʻlgan juda koʻp narsa bor, shuning uchun boshqa narsalar haqida oʻylashga ham vaqtim yoʻq. Men har bir mahsulot ustida sekin-asta ishlashni va uni mukammal qilishni istayman. Hech narsaga shoshilishni xohlamayman. [„Kylie Jennerning biznes olami haqida aytgan barcha gaplari“, People (2017-yil 15-avgust)]

 

I feel like I'm juggling a lot right now, but my main focus is my cosmetics line. There's so much I want to do that I can't really think about anything else. I want to take my time and work on each individual product until it's perfect. I don't want to rush into anything.