Kontent qismiga oʻtish

Jean de La Bruyère

Vikiiqtibosdan olingan
(Labryuyer, Jan dedan yoʻnaltirildi)
Jean de La Bruyère

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 16-avgust 1645
Parij
Vafoti 10-may 1696
Versal
Qardosh loyihalar

Jean de La Bruyère (talaffuzi: Jan de Labryuyer; 1645-yil 16-avgust — 1696-yil 11-may) — fransuz yozuvchisi, moralist hajvchi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Bir qarashdayoq kishi haqida hukm chiqarish yaramaydi. Fazilatlar odatda kamtarlik qobigʻi bilan oʻralgan, kamchiliklar riyokorlik niqobiga yashiringan boʻladi[1].
  • Biz yordam kutgan odamlarimizning emas, balki yordam bermoqchi boʻlgan odamlarimizning xayrixohligini izlashimiz kerak[2].
  • Boshqalarni oʻzingga tenglashtirishga majbur etishdan koʻra, oʻzingni boshqalarga tenglashtirish koʻpincha oson va foydalidir[2].
  • Kishining tashqi koʻrinishiga qarab baho berib boʻlmaydi — koʻrinishga qarab faqat taxmin qilish mumkin[1].
  • Odamlar bilan ellashish va ularga yoqimli boʻlish uchun aqldan koʻra qalb koʻproq foyda beradi[1].
  • Odamlarga diqqat bilan razm solsangiz, hech kimni maqtamaydigan, hammani yomonlab, hech kimdan koʻngli toʻlmaydigan odamlarning oʻzi ayni hech kim yoqtirmaydigan odamlar ekanini bilib olasiz[2].
  • Yaqinlarimiz qanchalik bizga oʻxshagan boʻlsalar, ular shunchalik bizga xush yoqadilar; kimnidir qadrlash — bu aftidan, uni oʻziga tenglashtirishning oʻzginasidir[3].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 Voronsov 1989, s. 37.
  2. 2,0 2,1 2,2 Voronsov 1989, s. 40.
  3. Voronsov 1989, s. 38.

Adabiyotlar

[tahrirlash]