Luqmoni hakim
Qiyofa
| Luqmoni hakim | |
|---|---|
| Qardosh loyihalar | |
Luqmoni hakim – sharq mumtoz adabiyoti va xalq ogʻzaki poetik ijodidagi donishmand tabib obrazi.
B
[tahrirlash]- Barcha yukni koʻtardim, ammo burchdan ogʻirroq yukni koʻrmadim. Barcha lazzatni totib koʻrdim, ammo salomatlikdan chuchukroq lazzatni totmadim. Eng shirin lazzat sogʻ-salomatlikda ekanini angladim[1][2].
- Biror kishi bilan birodarlik va doʻstlik ipini bogʻlamoqchi boʻlsang uni biror qiyinchilik ustida si-na, asosan gʻazabi kelib turgan paytda imtihon qil. Agar u gʻazabini bosa olsa, shundagina doʻstlik qil, gʻaza-bini bosa olmagan kishi bilan doʻstlik qilish qiyin![3]
E
[tahrirlash]- Ey oʻgʻlim, Allohni zikr qilayotgan qavmni koʻrsang, ular bilan birga oʻtir. Chunki olim boʻlsang, ilmingga foyda beradi, ilmsiz boʻlsang, senga ilm oʻrgatadilar[4].
- Ey oʻgʻlim, sen olimlar bilan oʻtir. Ularning orasiga kir, chunki Alloh taolo yerni osmon suvi bilan tiriltirgani kabi qalblarni hikmat nuri bilan tiriltiradi[4][5].
I
[tahrirlash]- Inson uchun eng yomon ayb kishining oʻz aybini koʻrib bilmasligidir![3]
K
[tahrirlash]- Kishining aqli sharaf va ulugʻlik asosidir! Kimning aqli koʻp boʻlsa, ayblari yashirin va doʻstlari undan rozi boʻladi[6].
L
[tahrirlash]- Luqmoni Hakimdan: „Sen oʻzing koʻrgan illatlar va ayblardan qaysi biriga davo topa olmading?“ deb soʻradilar. Luqmon: „Men barcha illatlarga hikmat yuzasidan davo topdim, ammo davolay olmaganim, bu badfeʼllik illati boʻldi!“ deb javob berdi[7].
- Luqmoni Hakim oʻz oʻgʻliga dedi:
— Ey oʻgʻlim, qilgan xatolaringni oʻlguningcha koʻz oʻngingda tut! Ammo qilgan yaxshiliklaringni koʻz oldingdan nari qil![3] - Luqmoni hakim oʻz oʻgʻliga dedi:
— Ey oʻgʻlim, yalqovlik koʻchasiga kirma, koʻngling tor boʻlmasin, chunki kimda yalqovlik va besabrlik boʻlsa, u hech qachon baxtga erisha olmaydi![3]
X
[tahrirlash]- Xudodan qoʻrqish, xalqqa insof qilish, ulugʻlarga xizmat, kichiklarga shafqat, darveshlarga saxovat, doʻst-u yoshlarga nasihat, dushmanlarga yumshoqlik, johillarga sukut, olimlarga tavoze qilish bilan yasha, birovning moliga tamaʼ koʻzi bilan boqma[4][8].
Oʻ
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 88.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 15.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 56.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 190.
- ↑ Tursun 2006, s. 42.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.