Mixail Kalinin
Qiyofa
(M. I. Kalinindan yoʻnaltirildi)
| Mixail Kalinin | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
7 (19) noyabr 1875 Verkhnaya Troitsa |
| Vafoti |
3-iyun 1946 Moskva |
| Qardosh loyihalar | |
Mixail Ivanovich Kalinin [1875.7(19).11, hozirgi Kalinin viloyati, Kashino tumani — 1946.3.6, Moskva] — 1917-yilgi Fevral inqilobi va Oktabr toʻntarishi qatnashchisi. Butun Rossiya MIK raisi (1919-yildan), SSSR MIK raisi (1922-yildan), SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1938-yildan). 1926-yildan partiya MK Siyosiy byurosi aʼzosi (1919-yildan aʼzolikka nomzod). Iosif Stalin siyosatini qoʻllab-quvvatlab, 1930–40 yillardagi ommaviy qatagʻonlarga sanksiya bergan.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Agar hayot goʻzalligii haqida soʻz boradigan boʻlsa, vatan uchun kurashda fidokorlik koʻrsata bilish goʻzal hayotning eng yuksak namunasidir[1].
- Kommunistik printsiplarni agar oddiy holda tasavvur qiladigan boʻlsak — bu yuksak bilimli, halol, ilgʻor kishining printsiplaridir, bu — sotsialistik Vatanga muhabbat, doʻstlik, oʻrtoqlik, insonparvarlik, poklik, sotsialistik mehnatga muhabbatdir[2].
- Sotsializm — fan va madaniyat jamiyatidir. Sotsialistik jamiyatning munosib aʼzosi boʻlish uchun koʻp va yaxshi oʻqish kerak, koʻp bilish kerak[3].
- Sovet vatanparvarligi xalqimiz taraqqiyotini olgʻa siljitgan ota-bobolarimiz ijodiy ishining bevosita davomidir[4].
- Ulugʻ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasi butun Rossiya xalqlarining axloqini bir darajada yuqori koʻtardi. U kishilik jamiyatida eng yuksak axloq boʻlib qoldi[2].
- Xalq — bamisoli oltin qidiruvchi, dur qidiruvchidek gap: u faqat eng nodir, eng buyuk narsalarnigina ajratib, avaylab, bagrida asrab, necha oʻn yillar davomida sayqallab keladi[5].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Voronsov 1989, s. 20.
- ↑ 2,0 2,1 Voronsov 1989, s. 26.
- ↑ Voronsov 1989, s. 34.
- ↑ Voronsov 1989, s. 17.
- ↑ Voronsov 1989, s. 6.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.