Anton Makarenko
Qiyofa
(Makarenko, Antondan yoʻnaltirildi)
| Anton Makarenko | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
13-mart 1888 Bilopiliya |
| Vafoti |
1-aprel 1939 Golitsyno |
| Qardosh loyihalar | |
Anton Semyonovich Makarenko (ruscha: Анто́н Семёнович Мака́ренко; 1888-yil 13-mart, Ukraina — 1939-yil 1-aprel, Moskva) — pedagog va yozuvchi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Bizning jamiyat uchun axloqiy normalarning oddiy roʻyxati emas, balki mukammal, amalga oshirib boʻladigan bus-butun axloqiy sistema qatʼiyan zarurki, bu sistemada bir tomondan gʻoyat jiddiy falsafiy xulosalar va ikkinchi tomondan esa ijtimoiy-axloqiy anʼanalar sistemasi oʻz ifodasini topgan boʻlishi kerak[1].
- Burjua olamining axloqi – bu olchoqlikka muvofiqlashgan oʻchkoʻzlik axloqidir[1].
- Eng oddiy, eng arzimas, eng maroqsiz boʻlsa ham mayli, men maktabda ishlab chiqarish jarayonini qaror topshirish tarafdoriman, chunki faqat ishlab chiqarish bagʻridagina insonning haqiqiy xarakteri, ishlab chiqarish kollektivi aʼzosining xarakteri shakllanadi[2].
- Faqat kollektiv mehnatda ishtirok etishgina kishi boshqa odamlarga nisbatan toʻgʻri, maʼnaviy munosabatda boʻlishga oʻrgatadi, har qanday mehnatkashga samimiy hurmat va muhabbat, mehnatdan qochgan, yalqov kishilarga murosasizlik ruhida tarbiyalaydi[3].
- Kollektiv qanchalik keng, uning istiqboli esa kishilar uchun shaxsiy istiqbol darajasiga koʻtarilgan boʻlsa, inson shu qadar goʻzal va ulugʻvordir[3].
- Sotsialistik jamiyat kollektivchilik printsiplariga asoslanadi. Unda na yoqimsiz husnbuzar va na koʻcha toʻzoni shaklidagi shaxs mahdudligi boʻlishi mumkin emas[2].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Voronsov 1989, s. 27.
- ↑ 2,0 2,1 Voronsov 1989, s. 122.
- ↑ 3,0 3,1 Voronsov 1989, s. 31.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.