Kontent qismiga oʻtish

Maksim Gorkiy

Vikiiqtibosdan olingan
Maksim Gorkiy

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 16 (28) mart 1868
Nijniy Novgorod
Vafoti 18-iyun 1936
Gorki-10
Qardosh loyihalar

Maksim Gorkiy (ruscha: Максим Горький; asl ismi Aleksey Maksimovich Peshkov (ruscha: Алексей Максимович Пешков); Andoza:OldStyleDate, Nijniy Novgorod – 1936-yil 18-iyun, Moskva) – rus va sovet yozuvchisi va jamoat arbobi. Sobiq Ittifoq yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi raisi. Besh marta Adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Agar kishiga hammavaqt „choʻchqasan“ deyilaversa, darhaqiqat, oxir-oqibatda u hurillab yuboradi[1].
  • Agar odamni bir qarashdayoq butun sirru asrorini bilib olsang, unga qiziqmay qolasan. Inson imkon qadar oʻzida barcha xislatlarni jamlagani holda, yana nimasi bilandir sirli tuyulmogʻi kerak[2].
  • Biz bir-birimizga eʼtibor bilan munosabatda boʻlishni oʻrganishimiz kerak, dunyoda eng ajib, eng oliy xilqat — inson ekanligini tushunmogʻimiz kerak[3].
  • Har bir kishida yaratuvchining dono qudrati yashiringani, shuning uchun bu qudratning taraqqiy etishi, gullab-yashnashiga imkon berish lozimligini unutmagan holda bir-biringizni izzat-ikrom qiling[3].
  • Hayotimning eng mushkul damlarida ham, eng ogʻir daqiqalarida ham qalbim: „Yashasin inson!“ — degan gimnni kuylaydi[4].
  • Hech qachon kishiga yaxshiligidan koʻra yomonligi koʻp deya yondashmang[1].
  • Insonni ulugʻ va donishmand qilishga kollektiv mehnat, ahil, hur mehnat kuchi bajara oladigan vazifani boshqa hech qanday kuch bajara olmaydi[6].
  • Kishi erkalash — hech qachon ziyon keltirmaydi[1].
  • Kishini maqtash foydalidir, bu unda oʻziga hurmat hissini oshiradi, oʻz ijodiy kuchlariga ishonchni kuchaytirishga yordamlashadi[1].

Kishi odamlarning doʻsti boʻlmogʻi kerak, — oʻzida va ularda mavjud fazilatlarning bari uchun u odamlardan qarzdordir[7].

Человек должен быть другом людей, — он обязан им всем, что есть у него и в нем[8].

  • Kurramizdagi eng dilbar, eng ajoyib xilqat deb hisoblangan inson bilan faxrlanishni oʻrganmagunimizcha, to oʻsha payt kelmagunicha hayotimizdagi qabihlik va yolgʻondan qutula olmaymiz[3].

Loʻnda fikrlash xalqqa xos...[9]

Мышление афоризмами характерно для народа...[10]

  • Menimcha, inson to tirik ekan, u sevadi, agar u odamlarni sevmasa, uning nima keragi bor![11]

Men maqollardan juda koʻp narsani, boshqacha qilib aytganda, — loʻnda fikrlashni oʻrganganman[9].

Я очень многому учился на пословицах, иначе — на мышлении афоризмами[10].

Men rus xalqini bilaman va uning fazilatini boʻrttirishga moyil emasman, lekin imonim komil va men ishonamanki, ana shu xalq roʻyi zaminning maʼnaviy olamiga oʻziga xos va teran, barcha uchun muhim boʻlgan allanimani olib kirishi muqarrar[12].

Я знаю русский народ и не склонен преувеличивать его достоинства, но я убежден, я верю — этот народ может внести в духовцуу» жизнь земли и нечто своеобразное и глубокое, нечто важное для всех[13].

  • Men uchun insondan qimmatliroq biron-bir kitobiy haqiqat yoʻq. Inson demak oʻziga butun bir olamni olib yuradigan jonu jahondir va u abadul-abad yashasin[4].
  • Odamlarga mehr — bu shunday qanotdirki, u bilan inson eng yuksakka parvoz qiladi[11].

Sotqinni hech kimga va hech narsaga solishtirib boʻlmaydi. Menimcha, hatto terlama biti ham sotqinga qiyoslansa, haqoratlangan boʻlur edi[14].

Сравнить предателя не с кем и не с чем. Я думаю, что даже тифозную вошь сравнение с предателем оскорбило бы[15].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Voronsov 1989, s. 39.
  2. Voronsov 1989, s. 37.
  3. 3,0 3,1 3,2 Voronsov 1989, s. 36.
  4. 4,0 4,1 Voronsov 1989, s. 33.
  5. Voronsov 1989, s. 35.
  6. 6,0 6,1 Voronsov 1989, s. 31.
  7. 7,0 7,1 Voronsov 1989, s. 30.
  8. Воронцов 1977, s. 41.
  9. 9,0 9,1 Voronsov 1989, s. 8.
  10. 10,0 10,1 Воронцов 1977, s. 12.
  11. 11,0 11,1 Voronsov 1989, s. 41.
  12. Voronsov 1989, s. 16.
  13. Воронцов 1977, ss. 22–23.
  14. Voronsov 1989, s. 21.
  15. Воронцов 1977, s. 30.
  16. Voronsov 1989, s. 44.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X. 
  • Воронцов, Владимир Васильевич. Симфония разума. Афоризмы и изречения отечественных и зарубежных авторов, 2-е изд., Москва: Молодая гвардия, 1977 — 624-bet.