Kontent qismiga oʻtish

Malala Yusufzay

Vikiiqtibosdan olingan
(Malala Yousafzaidan yoʻnaltirildi)
Malala Yousafzai

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 12-iyul 1997
Mingora
Qardosh loyihalar

Malala Yousafzai (pushtucha: ملالہ یوسفزئی‎; 1997-yil 12-iyul) — pokistonlik inson huquqlari va taʼlim sohasidagi faol boʻlib, 2014-yilda Kailash Satyarthi bilan birgalikda Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan va 17 yoshida ushbu mukofotning eng yosh sovrindoriga aylangan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]

Malalaning kundaligi, 2009-yil

[tahrirlash]
  •  

Kecha harbiy vertolyotlar va tolibonlar haqida dahshatli tush koʻrdim. Svatda harbiy operatsiya boshlanganidan beri shunday tushlarni koʻryapman. Onam nonushta tayyorladi va men maktabga yoʻl oldim. Maktabga borishdan qoʻrqardim, chunki „Tolibon“ barcha qizlarning maktabga borishini taqiqlovchi farmon chiqargandi. Sinfda 27 oʻquvchidan atigi 11 nafari qatnashdi. Tolibon farmoni tufayli oʻquvchilar soni kamayib ketdi[1].

 

I had a terrible dream yesterday with military helicopters and the Taliban. I have had such dreams since the launch of the military operation in Swat. My mother made me breakfast and I went off to school. I was afraid going to school because the Taliban had issued an edict banning all girls from attending schools. Only 11 students attended the class out of 27. The number decreased because of Taliban’s edict.

  •  

Maktabdan uyga qaytayotganimda, bir kishining „Seni oʻldiraman“ deganini eshitib qoldim. Qadamlarimni tezlatdim va bir ozdan soʻng, haligi odam hali ham ortimdan kelayotganmikin deb orqamga qaradim. Lekin koʻnglim joyiga tushdikim, u shunchaki mobil telefonida gaplashayotgan ekan va boshqa birovga telefon orqali tahdid qilayotgan boʻlsa kerak edi[2].

 

On my way from school to home I heard a man saying “I will kill you.” I hastened my pace and after a while I looked back if the man was still coming behind me. But to my utter relief he was talking on his mobile and must have been threatening someone else over the phone.

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Malala. „Men qoʻrqyapman“, 2009-yil 3-yanvar, shanba; Manba: Malala Yousafzai: Portrait of the girl blogger, bbc.co.uk, 2012-yil 10-oktyabr
  2. Malala. „Men qoʻrqyapman“, 2009-yil 3-yanvar, shanba; Manba: Diary of a Pakistani schoolgirl, news.bbc.co.uk. 2009-yil 19-yanvar