Kontent qismiga oʻtish

Kibr

Vikiiqtibosdan olingan
(Manmanlikdan yoʻnaltirildi)
Kibr
Qardosh loyihalar

Kibr-havo, manmanlik, dimogʻdorlik — oʻz shaxsiyatiga, qobiliyatiga ortiqcha baho berish, oʻzini boshqalardan yuqori qoʻyish, kalondimogʻlik oqibatida namoyon boʻladigan salbiy axloqiy sifat. Bu sifat kishilarni mensimaslik, ularga past nazar bilan qarash, oʻrinsiz gʻururga berilish, oʻzining arzimas yutuqlarini boʻrttirib koʻrsatish va boshqalarda koʻrinadi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Aytadilar:
— Agar sen hayotim yaxshi oʻtsin desang, doʻstga ham, dushmanga ham ochiq yuzli boʻl, oʻzingni baland tutishga urinma, oʻtirganda barmoqlaringni bir-birining orasiga suqib oʻtirma, uzugingni oʻynama, tirnogʻing bilan tishlaringni kovlama, barmogʻing bilan burningni ushlama, odamlarga qarab kerishma![1].

Ey inson! Qalbingda zarracha kibr boʻlsa, sen hali musulmonlikni tushunmabsan. Toat-ibodating Alloh huzurida maqbul boʻlmaydi[2].

Ey mutakabbir banda, sen jannatga kirishni xayolingga ham keltirmagin. Chunki Iblis jannatdan kibr-u havosi tufayli haydalgan. Kibr-u havo qilgan insonlar jannatga kiritilmaydilar[3].

Igna bilan togʻni qazmoq kibrni koʻngillardan chiqarmoqdan osondir[2].

Insonning qalbiga kirgan kibr qancha boʻlsa, aqli ham shuncha kamchilikka ega boʻladi[4].

Inson qadr-qimmatini oyoq osti qilish, oʻzini juda baland olib, boshqalarni nazarga ilmaslik katta nuqsondir[5].

Kibr kofirlarning va firʼavnlarning axloqidandir. Tavozeʼ esa paygʻambarlar va solihlarning axloqidandir. Chunki Alloh taolo kofirlarni kibr bilan sifatladi[6].

Kibrsizlik lofin urma, uni koʻrmoqdan koʻra qorongʻu tunda chumolining izini koʻrmoq osonroqdir[7].

Kibr-u hasad bermas kishiga orom,
Odamni mensimay quvildi shayton[8].

Kibr va gʻururdan uzoq boʻl, kibr kishini el orasida xor, beqadr-u beeʼtibor qiladi<[4].

Kimda-kim „man-man“ deb oʻzini baland tutsa, uni na xalq, na Alloh sevadi[3].

Kimki kekkayar manmanlik bilan,
Doʻstlari oxiri boʻlishar dushman[4].

Manmanlik qilmang, oʻzingizni boshqalardan yuqori tutmang. Toʻgʻri soʻzlang, toʻgʻri ishlang, ochkoʻzlik va harislikdan uzoqda boʻling[6].

Manmanlik va gʻurur botqoqligining quritilishi uchun bir murshidi komilning himmat va fayzi zarur[7].

Muyassar boʻlsa tillodan senga taxt,
Oʻzingdan pastga zinhor aytmagil saxt[9].

Shahvat tufayli qilingan gunohlar kechirilishiga umid qilsa boʻladi, chunki Odam alayhissalomning adashishi shahvatdan boʻlgan edi. Ammo kibr tufayli qilingan gunohlarning avf etilishiga umid yoʻq, chunki shayton kibri sababli kechirilmas gunohga qoldi[4].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 92.
  2. 2,0 2,1 Tursun 2006, s. 157.
  3. 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 154.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Tursun 2006, s. 153.
  5. Voronsov 1989, s. 40.
  6. 6,0 6,1 Tursun 2006, s. 156.
  7. 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 152.
  8. Tursun 2006, s. 155.
  9. Tursun 2006, s. 111.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]