Azizim, har kim biror ishning talabida qadam qoʻysa, bu ishning qiyinchiliklariga chidashi kerak. Maqsad kaʼbasi sari yoʻlga chiqqan odam, zahmat sahrosidan choʻchimasligi lozim[1].
Azizim, to talab oyogʻi ranju mehnat, tikoni bilan majruh boʻlmas ekan visol quli maqsad gulini yoqasiga yetolmaydi. Kishida kuchli intilish boʻlmaguncha murodining oftobi Mashriq umidi ufqidan nur sochib chiqmaydi. Chunki gul terish uchun tikon zahrini chekish lozim. Ranj chekmasdan turib, ganj eshigini ochish mumkin emas. Demak, maqsadga yetishmoq uchun tinimsiz saʼy harakat qilmoq kerak[1].
Maqsad talabi yoʻlida himmatingiz onqadar boʻlsinkim, basharti mening boshimga oyoq qoʻyib oʻtishga toʻgʻri kelsa-yu va siz oʻtmasangiz – aslo kechirmasman[3][4].
Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.