Kontent qismiga oʻtish

Marina Abramović

Vikiiqtibosdan olingan
Marina Abramović

Marina Abramović (30-noyabr, 1946-yil) – serbiyalik konseptual va performans rassomi. Uning ijodi tana sanʼati, chidamlilik sanʼati, ijrochi va tomoshabin oʻrtasidagi munosabat, tananing chegaralari hamda ong imkoniyatlarini oʻrganishga bagʻishlangan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]

New York Times Magazine intervyusi (2023)

[tahrirlash]
„Marina Abramovic Thinks the Pain of Love Is Hell on Earth“ muallif David Marchese. New York Times Magazine (2023-yil 26-oktabr).
  • Men asar yaratganimda, u har doim inson qoʻrquvining uch elementi – azob, ogʻriq va mavjudligimizning ustuvorligi bilan bogʻliq boʻlishini istayman.
  • Juda koʻp odamlar ogʻriqni hayot tarzi sifatida tanlaydi; boshqalarni baxtli boʻlishini istamagani uchun ogʻriqli hayot kechiradiganlar ham bor. Men uchun esa hammasi hayotda qiladigan tanlovlaringizga bogʻliq.
  • Ego – rassom uchun eng xavfli narsa. Oʻzingizning buyukligingizga ishonishni boshlasangiz, bu sizning ijodingizning oxiri boʻladi.
  • Performans sanʼati hech qachon tovar (kommoditi)ga aylanmagan, chunki u nomoddiydir.
  • Agar boshqalar oʻz asarlarini millionlab pullarga sotayotganini oʻylasangiz, performans sanʼati bilan shugʻullanuvchilar uchun bu mutlaqo teskarisi. Men hali ham katta ipotekani toʻlayman. Men har kuni ishlashim kerak, chunki buyum ishlab chiqaradigan rassomlardagidek pulim yoʻq.
  • Instagram sanʼat emas. Ijtimoiy tarmoqlar sanʼat emas.
  • Men odamlarni yaxshi koʻraman. Men uchun eng qiziqarlilari – jahldor, qiyin, doimo norozi boʻlgan odamlardir. Ularning ruhini qanday koʻtarish va oʻzlarini oʻzgartirishga qanday yordam berish mumkin? Bu men uchun eng yoqimli mashgʻulot. Odamlarning qanchalik turlicha ekanini koʻrish juda qiziq. Men energiyani tushunaman.
  • Faqat tavakkal qilish uchun tavakkal qilish meni qiziqtirmaydi. Agar siz sunʼiy narsa yaratsangiz, bu yaxshi emas. Odamlar soddalikdan juda qoʻrqadi, lekin aynan u ishlaydi.
  • Ogʻriqdan qoʻrqmaslik, uni tushunish va qabul qilish muhim. Shunda ogʻriq ancha yengil kechadi.
  • Men ishonadigan bir narsa bor: agar siz oʻzingiz va atrofingiz bilan muvozanatda boʻlsangiz, sodir boʻlishi kerak boʻlgan barcha narsalar sodir boʻladi.

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: