Karl Marx
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
| Karl Marx | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
5-may 1818 Trier |
| Vafoti |
14-mart 1883 London |
| Qardosh loyihalar | |
Karl Heinrich Marx (1818-yil 5-may – 1883-yil 14-mart) — olmon faylasufi va iqtisodchisi boʻlgan.
A
[tahrirlash]- Agar kishi faqat oʻzi uchun mehnat qilsa, ehtimol, u mashhur olim, buyuk donishmand, ajoyib shoir boʻlishi mumkin, lekin hech qachon tom maʼnodagi kamolotga erishgan ulugʻ inson boʻlolmaydi[1].
Agar odam tabiatan ijtimoiy mavjudot ekan, binobarin, u oʻzining chinakam tabiatini faqat jamiyatda kamol toptira oladi...[2]
Если человек по природе своей общественное существо, то он, стало быть, только в обществе может развить свою истинную природу...[3]
Agar toʻgʻri tushunilgan manfaat barcha axloq printsiplarini tashkil etsa, u holda shunga erishmoq kerakki, ayrim kishilarning xususiy manfaatlari umuminsoniy manfaat bilan mos kelishi kerak[4].
B
[tahrirlash]- Bir davlatda yashab, bu davlatning tilini bilmaganlar yo bosqinchi yoki ahmoqdir.
- Bolalar ota-onalarini tarbiya qilmoqliklari lozim.
- Boshqa xalqlarni ezuvchi xalq oʻziga-oʻzi kishan toblaydi[5].
D
[tahrirlash]- Dunyo proletarlarining oʻzlarini ushlab turgan zanjirlardan boshqa yoʻqotadigan hech nimasi yoʻq. Ular dunyoga erishishlari mumkin. Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!
F
[tahrirlash]- Falsafaning voqeʼiy olamni oʻrganishga aloqasi masturbatsiyaning jinsiy qovushishga aloqasidek gap.
- Faylasuflar olamni faqatgina turlicha taʼriflab berishdi. Maqsad esa, uni oʻzgartirishdir.
H
[tahrirlash]- Har kimdan — qobiliyatlariga koʻra, har kimga — ehtiyojlariga koʻra.
- Har qanday millat boshqalardan oʻrgana oladi va oʻrganishi ham kerak[6].
I
[tahrirlash]...Inson — mavhum, qandaydir olamdan tashqarida yashaydigan mavjudot emas. Inson — bu inson ruhiy olami, davlat, jamiyatdir[7].
...Человек — не абстрактное, где-то вне мира ютящееся существо. Человек — это мир человека, государство, общество[8].
- Ishchi sinfining faqat internatsional ittifoqigina uning toʻla-toʻkis gʻalabasini taʼminlashi mumkin[5].
K
[tahrirlash]- Kommunizm nazariyasini bitta jumlada shunday tushuntirish mumkin: shaxsiy mulkchilikning bekor qilinishi.
T
[tahrirlash]- Tarix ayrim shaxslarning oʻz maqsadi yoʻlida odamlarni ishlatishi emas. Tarix shu odamlarning oʻz maqsadlariga yetishi yoʻlidagi harakatlaridir.
Y
[tahrirlash]- Yevropa boʻylab ruh kezmoqda; Kommunizm ruhi.
Oʻ
[tahrirlash]- Oʻtmish tajribasi shuni koʻrsatadiki, turli mamlakatlar ishchilari oʻrtasida qaror topmogʻi zarur boʻlgan va ularni ozodlik uchun oʻz kurashlarida bir-birlarini mahkam qoʻllab-quvvatlashlariga undaydigan birodarlik ittifoqiga mensimay qarash ularning tarqoq harakatlarining umumiy magʻlubiyati bilan jazolanadi[5].
Sh
[tahrirlash]Shaxs faqat kollektivdagina oʻz qobiliyatini har tomonlama taraqqiy ettirish uchun imkon beradigan vositalarni ola biladi va binobarin, shaxs ozodligi faqat kollektivdagina boʻlishi mumkin[9].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Voronsov 1989, s. 33.
- ↑ Voronsov 1989, s. 30.
- ↑ Воронцов 1977, s. 42.
- ↑ Voronsov 1989, s. 26.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Voronsov 1989, s. 23.
- ↑ Voronsov 1989, s. 25.
- ↑ Voronsov 1989, s. 29.
- ↑ Воронцов 1977, s. 41.
- ↑ Voronsov 1989, s. 32.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (
PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X. - Воронцов, Владимир Васильевич. Симфония разума. Афоризмы и изречения отечественных и зарубежных авторов, 2-е изд., Москва: Молодая гвардия, 1977 — 624-bet.