Kontent qismiga oʻtish

Martin Eden

Vikiiqtibosdan olingan
Martin Eden
Vikipediya maqolasi
Vikimanbadagi matnlar
Wikimedia Commonsdagi media fayllari

Martin Eden (talaffuzi: Martin Iden) — amerikalik yozuvchi Jack London qalamiga mansub roman. Ilk bor 1908-yilning sentyabridan 1909-yilning sentyabrigacha „The Pacific Monthly“ jurnalida chop etilgan. Kitob oʻlaroq birinchi marta 1909-yil „Macmillan“ nashriyoti tomonidan chop etilgan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Ular uchun tahririyatda aziyat chekib mehnat qilish va taqdirlari jurnalning tarqalishiga hamda noshirning uddaburonligiga bogʻliq ekanligini eʼtirof etish ijod nashʼasini surishdan koʻra koʻngilliroq deb oʻylamang. Ular yozishga urinib koʻrishgan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchraganlar[1].
  • Muharrirlar, ularning yordamchilari, taqrizchilar, umuman, qoʻlyozmalarni oʻqiydiganlarning hammasi bir vaqtlar yozuvchi boʻlishni orzu qilgan, ammo boʻla olmagan odamlardir. Adabiyot taqdirini hal qilish huquqiga ega boʻlgan, eng soʻnggi bosqichda turishi lozim boʻlgan mana shu odamlar nimani chop qilish kerak-u, nimani chop qilish kerak emasligini hal qiladilar. Mana shu isteʼdodsiz oʻrtamiyona kishilar asarning originalligi va isteʼdodi haqida mulohaza yuritadilar. Ularning orqasida aynan shunday muvaffaqiyatsizlikka uchragan tanqidchilar turadilar[1].
  • U bolalik chogʻidan miyasiga quyilgan, hammaga maʼlum boʻlgan narsalar toʻgʻrisida vaysaydi va lekin chinakam hayotdan qoʻrqadi. U sizni oʻzicha sevadi, Martin, ammo oʻzining ayanchli qoidalarini sizdan koʻproq sevadi…[1]
  • Lekin bu dunyoda pulsiz yashab boʻlmaydi, pulsiz baxtli boʻlolmaydi kishi. Men, albatta, katta mol-dunyo haqida gapirayotganim yoʻq, durustroq kun koʻrishga yetadigan doimiy daromad boʻlsa bas[2].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 Azizbek Yusupov. „„Halol va yaxshi odam burjua jamiyatining bo‘g‘iq muhitida yashay olmaydi“ — „Martin Iden“ romani haqida“. daryo.uz. Qaraldi: 2025-yil 20-mart.
  2. Jek London. Martin Iden. Toshkent: Yoshlar matbuoti, 2023 — 384-bet. ISBN 978-9943-27-717-5.