Mehmondoʻstlik
| Mehmondoʻstlik | |
|---|---|
| Qardosh loyihalar | |
Mehmondoʻstlik — mehmondoʻstga xos xislat, xatti-harakat, mehmon kutishni oʻrniga qoʻyish.
A
[tahrirlash]Agar uyingga mehmon kelsa „xush kelibsiz“ deb ochiq chehra bilan kutib ol, mehmonni ochiq yuzlilik bilan kutib olish, katta ziyofat qilish bilan barobardir![1]
B
[tahrirlash]Bir mehmon: „Mehmon uchun mezbonning toʻqligidan koʻra zararliroq narsa yoʻq“ deb hazillashgan edi.
Chunki mehmonning oldiga ovqat olib kelinsa-yu, mezbon ovqat yeb, toʻyib olgan boʻlsa mehmon bilan birga yeyisholmaydi, natijada mehmon uyalib, bemalol yeya olmasligi mumkin[2].
D
[tahrirlash]Doʻstlar bilan mehmonda yeyilgan taom lazzatli boʻladi. Ajdodlarimiz dasturxonga biratoʻla barcha neʼmatlardan keltirib qoʻyishni odat qilganlar. Buning sababi shuki, har kim oʻziga yogʻgan narsadan yeydi. Xabarlardan maʼlum boʻlishicha, kishi ertalab biror narsa yemasa kasalga chalinadi. Ertalab choy ichilmasa, bosh ogʻrishining sababi ham shu[3].
M
[tahrirlash]Mehmonda ulugʻ odamlar oʻtirgan boʻlsa, ovqatga ulardan oldin qoʻl uzatma, ovqat olib chiqiladigan tomonga qarayverma[2].
Mehmonga borganingda uy egasidan suv yoki tuzgina soʻrab olishing mumkin. Bulardan boshqa narsalarni soʻrab olib yeyish beodoblik hisoblanadi[2].
Mehmonlarning oldida oʻz yaqinlaringni urishma, tabassum qilib oʻtir, ochiq yuzlilik kishi uchun katta neʼmatdir[1].
U
[tahrirlash]Uyingga mehmon kelsa, mehmonlar miqdori oz boʻlsa, birga oʻtir. Koʻpchilik boʻlsa oʻzing turib xizmat qil. Goho ularga: „Qani, narsalardan yeb oʻtiringlar“ deb taklif qil, ammo qistashni haddan oshirma![1]
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 132.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 133.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 134.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.