Kontent qismiga oʻtish

Mixail Saltikov

Vikiiqtibosdan olingan
Mixail Saltikov

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 15 (27) yanvar 1826
Spas-Ugol
Vafoti 28 aprel (10-may) 1889
Sankt-Peterburg
Qardosh loyihalar

Mixail Yevgrafovich Saltikov, Saltikov-Shchedrin (asl familiyasi Saltikov; taxallusi — N. Shchedrin) [1826.15(27).1, — Spas—Ugol qishlogi, Kalyazin tumani1889. 28.4 (10.5), Peterburg] — rus yozuvchisi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]

Harqalay, eng muhimi: vatanga muhabbating, muhabbating va yana muhabbatingdir! Binobarin, shu muhabbat senga kuch-quvvat beradi, qolgan hammasini ham osongina hal qilasan[1].

А главное все-таки: люби, люби и люби свое отечество! Ибо любовь эта даст тебе силу, и все остальное без труда совершишь[2].

Men Rossiyani jon-tanim bilan sevaman va oʻzimni Rossiyadan tashqarida tasavvur qilolmayman[3].

Я люблю Россию до боли сердечной и даже не могу помыслить себя где-либо, кроме России[2].

Qadimgi donishmandlik shu qadar koʻp durdonalarni meros qoldirganki, ularni bir-biriga qalab chiqish natijasida butun bir yiqib boʻlmas devor vujudga kelgan[4].

Старинная мудрость завещала такое множество афоризмов, что из них камень по камню сложилась целая несокрушимая стена[5].

Vatanparvarlikning tarbiyaviy ahamiyat juda katta, bu kishining bashariyat haqidagi gʻoyalar bilan ulgʻaytiradigan maktabdir[6].

Воспитательное значение патриотизма громадно: это школа, в которой человек развивается к восприятию идеи о человечестве[7].

Vatan gʻoyasi hamma uchun bir xil manfaatlidir. U halol kishilarda jasorat haqida fikr uygʻotadi, nopok kishilarni esa, agar vatan gʻoyasi boʻlmaganda qilishlari aniq boʻlgan koʻpgina qabihliklardan saqlaydi[6].

Идея отечества одинаково для всех плодотворна. Честным она внушает мысль о подвиге, бесчестных — предостерегает от множества гнусностей, которые без нее, несомненно, были бы совершены[7].

Vatan gʻoyasi shonli yillarda ham, kundalik hayotda ham uning farzandlariga birdek hos boʻlmogʻi zarur, binobarin, bu gʻoyani chinakam his etgandagina kishi oʻzini grajdan deya hisoblashga haqlidir[6].

И в торжественные годины и в будни идея отечества одинаково должна быть присуща сынам его, ибо только при ясном ее сознании человек приобретает право назвать себя гражданином[8].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Voronsov 1989, s. 20.
  2. ↑ 2,0 2,1 Воронцов 1977, s. 28.
  3. ↑ Voronsov 1989, s. 21.
  4. ↑ Voronsov 1989, s. 6.
  5. ↑ Воронцов 1977, s. 11.
  6. ↑ 6,0 6,1 6,2 Voronsov 1989, s. 18.
  7. ↑ 7,0 7,1 Воронцов 1977, s. 25.
  8. ↑ Воронцов 1977, s. 26.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X. 
  • Воронцов, Владимир Васильевич. Симфония разума. Афоризмы и изречения отечественных и зарубежных авторов, 2-е изд., Москва: Молодая гвардия, 1977 — 624-bet.