Moʻmin
| Moʻmin | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Moʻmin (arabcha: مُؤْمِن — eʼtiqod qiluvchi, dinga ishonuvchi) — ilk islom davrida Madina jamosi (qarang Umma) aʼzosi.
A
[tahrirlash]Agar biz moʻmin boʻlaturib, nafsimizni jilovlay olmasak, demak, biz hali komil moʻmin va komil iymon egasi emasmiz. Komiy iymonga ega boʻlmaganimizdan nafsoniy orzu-havaslarni jilovlay olmayapmiz[1].
M
[tahrirlash]Moʻmin degan oʻz nafsining hokimi boʻlmogʻi kerak. U nafsini Alloh uchun hisob berdiradi. Dunyoda nafs bilan hisob-kitob qilganlarning oxiratdagi hisob-kitobi osonroq oʻtadi[3].
Moʻmin kishi xuddi shifokori yonida yurgan bemorga oʻxshaydi. Bemorning yonida yurgan tabib uning dorilarini bilib, koʻngli biror narsani tusaganida, „Zinhor buni yeya koʻrma! Mabodo yesang, seni oʻlimga olib boradi!“ deya ogohlantirib turganidek, moʻmin kishining koʻngli ham koʻp narsalarni istab qolganida Alloh taolo uni zararlilaridan qaytaradi va jonini olib, jannatga borguniga qadar nazorat ostida tutib turadi[5].
S
[tahrirlash]Salim qalb toza va sogʻlom boʻlib, u chin moʻminning qalbidir, chunki kofir va munofiqlarning qalbida illati bor[7].
Oʻ
[tahrirlash]Oʻlimdan qoʻrqqanning koʻnglida shak bordir. Moʻmin kishi oʻlimdan qoʻrqmagay. Chunki oʻlim Haq taologa yetishtiruvchidirki, moʻmin undan qochmasligi lozim[8].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Tursun 2006, s. 86.
- ↑ Tursun 2006, s. 38.
- ↑ Tursun 2006, s. 52.
- ↑ Tursun 2006, s. 162.
- ↑ Tursun 2006, s. 36.
- ↑ Tursun 2006, s. 114.
- ↑ Tursun 2006, s. 55.
- ↑ Tursun 2006, s. 116.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.