Molik Dinor
Qiyofa
(Molik ibn Dinordan yoʻnaltirildi)
| Molik Dinor | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Qardosh loyihalar | |
Molik Dinor (yoki Molik ibn Dinor) – „Nasoyim ul-muhabbat“da zikr etilgan tasavvuf namoyandasi. Hasan Basriyning shogirdi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Agar kishi nafsida qoʻrqinch va umid alomatini bilsa, u ishonchli ishni ushlabdi. Qoʻrqinch alomati – Alloh taolo man qilgan narsalardan qaytish. Umid alomati – Alloh taolo buyurganlarini qilish[1][2].
- Badbaxtlik nishonasi besh narsadir: biri – koʻngil qattiqligi, ikkinchisi – koʻz yoshlanmasligi, uchinchisi – hayosizlik, toʻrtinchisi – dunyoni sevmoqlik, beshinchisi – dunyo uchun jondan andisha aylamoqlikdir[1][3].
- Biz – insonlar xuddi yaxshilikka undamaslik va yomonlikdan qaytarmaslik toʻgʻrisida bir-birimiz bilan kelishib olganga oʻxshaymiz. Bu ketishda boshimizga qanday azoblar tushajagini koshki bilsaydik[1][4].
- Dunyo hayotida qoʻlga kiritolmagan narsalaring uchun qanchalik achinsang, oxirat tushunchasi qalbingdan shunchalik oʻchiriladi[1][5].
- Eng katta boylik Alloh taolodan umid qilish va insonlardan hech narsa kutmaslik[6].
- Havoyi nafsga berilib yashashdan saqlaning[1][7].
- Kimki maxluqlarning soʻzidan oshib, Alloh azza va jallaning soʻziga ragʻbat qilmasa, uning amali kamayibdi, qalbi koʻr va umri zoe boʻlibdi[1][8].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 44.
- ↑ Tursun 2006, s. 43.
- ↑ Tursun 2006, ss. 122–123.
- ↑ Tursun 2006, s. 75.
- ↑ Tursun 2006, s. 82.
- ↑ Tursun 2006, s. 74.
- ↑ Tursun 2006, s. 45.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.