Kontent qismiga oʻtish

Farididdin Attor

Vikiiqtibosdan olingan
(Muhammad Abu Bakr ibn Ibrohimdan yoʻnaltirildi)
Farididdin Attor

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi mart 1145
Nishopur
Vafoti 26-aprel 1221
Nishopur
Qardosh loyihalar

Farididdin Attor (asl ismi: Muhammad Abu Bakr ibn Ibrohim; tax. 1148/1151-yil, Nishopur – 1219/1221-yil) – mutasavvif fors shoiri. Asarlarida tasavvufni targʻib qilgan. Mansur Halloj, Boyazid Bistomiy taʼlimotidagi gʻoyalarni davom ettirgan.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Boyliging boʻlganda tanglik qilmagin,
    Yoʻling ochiq boʻlsa, langlik qilmagin![1]
  • Boʻlmasin olamda rizqim kam desang,
    Masʼiyatni kam qilgʻil gʻam yesang[2].
  • Boʻlsa tanballik kishining peshasi,
    Tekkay oyogʻina xorlik teshasi![3]
  • Boʻshamasa tili gʻiybatdan,
    Boʻshamaydi dil uqubatdan[4][5].
  • Doimo doʻstlar bilan boʻl hamnafas,
    Koʻrma dushmanning yuzini bir nafas![6].
  • Ey birodar, boʻlsa idroking mudom,
    Elda boʻlgin doimo shirin kalom!
    Xoʻmrayib har kimsa achchiq soʻzlagay,
    Doʻstlari undan qochishni koʻzlagay![7]
  • Har kimki dilozordir,
    Hayoti ohu zordir[4][8].
  • Har kimki poknazardir,
    Jahonda moʻtabardir[4][9].
  • Har kim tama yoʻlin tutsa gar pesh,
    Oqibat bir kun boʻlgʻuvchi darvesh![10]
  • Ikki kishidan sen yashirma darding:
    Biri tabib erur, biri — hamdarding[4][11].
  • Ilm ila kimning dili ravshan erur,
    U zamon ichra salomat tan erur[12].
  • Inson ichida eng ablah inson,
    Nafs-havo ketidan boʻladi sarson[4][13].
  • Keksalarni etsang aziz-u hurmat,
    Seni ham keksaygach, etishar izzat[4][14].
  • Kim agar doʻstlar bilan yakdil boʻlur,
    Barcha maqsudi aning hosil boʻlur[4][15].
  • Kimda boʻlsa donishu, aqlu, tamiz,
    Ilm ila hilm ahlini tutgan aziz.
    Sen xatolardan oʻzingni tut uzoq,
    Ey oʻgʻil! Oqil esang solgil quloq![16]
  • Kimdaki botini haromdan pok emas,
    Oni ruhi qobili aflok emas![17]
  • Kimki dushmandan qilmadi hazar,
    Oqibat undan koʻradi zarar[4][11].
  • Kimki kekkayar manmanlik bilan,
    Doʻstlari oxiri boʻlishar dushman[4][18].
  • Kim gʻamli kunda yoru mungdosh boʻlur,
    Shodlik kuningda tagʻin yoʻldosh boʻlur[4][19].
  • Kishilarga boqsang noz-neʼmat kuni,
    Yetishar dodingga mashaqqat kuni[4][20].
  • Neʼmatim oshsin desang ust-ustiga,
    Non ushogʻin sochma oyoq ostiga![2]
  • Nokas eshigiga qadam qoʻymagʻil,
    Duch kelganda hatto holin soʻrmagʻil[4][22].
  • Oqil inson topganiga sabr etar,
    Soʻng oʻzining nafsiga ul qahr etar!
    Ablah odam ablahi shunday odam,
    Doimo nafs kuyida oʻrgay qadam![23]
  • Qilgan ishim boʻlmasin desa bas,
    Er faqat oʻz maqsadini oʻylamas![24]
  • Qoʻy taʼmani, bor esa senda tamiz,
    Shubhasiz, el ichra boʻlgʻaysan aziz[25].
  • Parvona otashdan huzur topsa gar,
    Kuysa ham hech qachon etmaydi hazar[4][26].
  • Quvvatim borida foydam bilmadim,
    Tushungan vaqtimda kuchim boʻlmadi[4][27].
  • Qoʻy taʼmani, bor esa senda tamiz,
    Shubhasiz, el ichra boʻlgʻaysan aziz[4].
  • Tashlagil hirsni, qanoat pesha qil,
    Shum oʻlimning panjasin andisha qil![28]
  • Toʻrt narsani toʻrt narsadan, yaʼni dilni hasaddan, tilni yolgʻondan va gʻiybatdan, qilgan ishingni munofiqlikdan, qorningni harom-harishdan pok tut, shundagina chin odam hisoblanasan[4][29].
  • Xoʻmrayib har kimsa achchiq soʻzlagay,
    Doʻstlari undan qochishni koʻzlagay[4][15].
  • Oʻz tili tagida faxriydir odam[4][30].
  • Oʻgʻilginam, totimagil baxil nonidan,
    Uzoq boʻl, baxilning dasturxonidan[4][31].
  • Gʻamgin qaro kunda kim senga yor,
    Shodlik kuningda ham unutma zinhor[4][32].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 167.
  2. ↑ 2,0 2,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 219.
  3. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 222.
  4. ↑ 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 4,13 4,14 4,15 4,16 4,17 4,18 4,19 4,20 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  5. ↑ Tursun 2006, s. 184.
  6. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 41.
  7. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 91.
  8. ↑ Tursun 2006, s. 146.
  9. ↑ Tursun 2006, s. 135.
  10. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 159.
  11. ↑ 11,0 11,1 Tursun 2006, s. 170.
  12. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 10.
  13. ↑ Tursun 2006, s. 88.
  14. ↑ Tursun 2006, s. 119.
  15. ↑ 15,0 15,1 Tursun 2006, s. 171.
  16. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 9.
  17. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 218.
  18. ↑ Tursun 2006, s. 153.
  19. ↑ Tursun 2006, s. 167.
  20. ↑ Tursun 2006, s. 98.
  21. ↑ Tursun 2006, s. 157.
  22. ↑ Tursun 2006, s. 99.
  23. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 158.
  24. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 166.
  25. ↑ Tursun 2006, s. 100.
  26. ↑ Tursun 2006, s. 177.
  27. ↑ Tursun 2006, s. 115.
  28. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 141.
  29. ↑ Tursun 2006, s. 190.
  30. ↑ Tursun 2006, s. 143.
  31. ↑ Tursun 2006, s. 97.
  32. ↑ Tursun 2006, s. 178.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.