Muhammad Kamol Pilav
Qiyofa
(Muhammad Kamoldan yoʻnaltirildi)
| Muhammad Kamol Pilav | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Qardosh loyihalar | |
Muhammad Kamol Pilav – turkiyalik mutafakkir olim.
A
[tahrirlash]- Asal yegan ogʻiz ham, quruq non yegan ogʻiz ham oxir-oqibat tuproqqa toʻladi. Faqat haq soʻzni aytib yurgan ogʻizgina chirimaydi. Haq nazdida eng qiymatli ogʻiz shudir[1][2].
- Axloqning asosi iymonga bogʻliqdir. Iymonsizning axloqi boʻlmaydi[1][3].
B
[tahrirlash]- Bizdan oldin kelib-ketganlarning bu dunyoda izlari bor, bizdan keyin keladiganlarga esa biz iz qoldiramiz. Toʻgʻri iz qoldirgan kishi qandayin baxtli![1][4]
- Boyning bir koʻzi kambagʻalda boʻlishi kerak. Bir qoʻlini kambagʻalga berishi lozim. Kambagʻaldan yuz oʻgirgan boyning koʻzlari xoin koʻzdir[1][5].
D
[tahrirlash]E
[tahrirlash]- Ey inson! Qalbingda zarracha kibr boʻlsa, sen hali musulmonlikni tushunmabsan. Toat-ibodating Alloh huzurida maqbul boʻlmaydi[1][7].
H
[tahrirlash]- Haqiqiy eʼtiqod haqiqatga eltadi. Asossiz eʼtiqod esa insonlarni notoʻgʻri yoʻlga boshlaydi. Sen haqiqiy eʼtiqodga talabgor boʻl![1][8].
- Haqiqiy nur iymondir. Haqiqiy nurni topgan haqiqatni koʻradi, haqiqatni eshitadi[1][9].
I
[tahrirlash]- Ilm insoniylik tojidir. Insonlar faqat u bilan ulugʻlanadi. Mol-mulk esa johilning gʻururlangan matosidir. Bu mol-mulk sarf boʻlishi bilan johillar halokatga uchraydi[1][10].
- Insoniylik shafqat va marhamat bilan boshlanadi va nihoyasiga yetadi. Insoniylikning asli shafqat va marhamatdir[1][11].
- Inson uchun har qanday magʻlubiyat bir tajribadir. Magʻlubiyatlardan saboq olganlar kelajakda gʻalabalarni qoʻlga kiritadilar[1][12].
- Iymon seni gʻam-qaygʻuga yoʻllamaydi, qiyinchilik kelsa har doim unga yuzlan. Chin ixlos bilan Allohni yordamga chaqir. Uning Oʻzi senga kifoyadir[1][13].
J
[tahrirlash]- Jaholatni ilm bilan yoʻq qilishga harakat eting. Har bir ishni ilm bilan hal qilinglar[1][14].
- Johilning bilaman deyishi koʻrning koʻraman deyishi kabidir[15].
N
[tahrirlash]- Namozdan huzur topishga harakat qil. Namozda huzur topmaganlar behalovat yashaydilar[1][9].
- Nurga yetishgan qorongʻulikdan xalos boʻlganidek, iymonga erishgan ham soxtalikdan qutuladi[1][16].
O
[tahrirlash]- Orifga ehtiyoj shifokor tabibning zaruratiga oʻxshaydi. Oriflar maʼnaviy xastalikni, tabiblar moddiy xastalikni muolaja etadilar[1][17].
Q
[tahrirlash]T
[tahrirlash]Y
[tahrirlash]Oʻ
[tahrirlash]- Oʻlim qoʻrqinchi faqat iymonsizning qalbini zabt etadi, titroqqa soladi. Iymon ahli esa buni Haqqa yetishish, deb bayram qiladi, sevinadi[1][21].
Sh
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 148.
- ↑ Tursun 2006, s. 27.
- ↑ Tursun 2006, s. 70.
- ↑ Tursun 2006, s. 93.
- ↑ Tursun 2006, s. 81.
- ↑ Tursun 2006, s. 157.
- ↑ Tursun 2006, s. 54.
- ↑ 9,0 9,1 Tursun 2006, s. 25.
- ↑ Tursun 2006, s. 16.
- ↑ Tursun 2006, s. 139.
- ↑ Tursun 2006, s. 63.
- ↑ Tursun 2006, s. 37.
- ↑ Tursun 2006, s. 15.
- ↑ Tursun 2006, s. 20.
- ↑ Tursun 2006, s. 28.
- ↑ Tursun 2006, s. 46.
- ↑ Tursun 2006, s. 61.
- ↑ Tursun 2006, s. 22.
- ↑ Tursun 2006, s. 113.
- ↑ Tursun 2006, s. 30.
- ↑ Tursun 2006, s. 60.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.