Kontent qismiga oʻtish

Rushdiy Muhammad Siddiq

Vikiiqtibosdan olingan
(Muhammad Siddiq Rushdiydan yoʻnaltirildi)
Rushdiy Muhammad Siddiq
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi XVII asr
Qoʻqon
Vafoti XVII asr
Qoʻqon
Qardosh loyihalar

Rushdiy Muhammad Siddiq (arabcha: رشدي محمد صديق‎; XVII asr, Qoʻqon) – shoir, adib va tarjimon. „Tazkirat ul-avliyo turkiy“ va „Gʻavsul-Aʼzam“ kabi asarlar muallifi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Asl gʻizo kasb va hunar bilan topilgan gʻizodir[1].
  • Baxilning yuziga koʻp qarasang, bagʻritosh boʻlasan[2][3].
  • Ikki narsa koʻngilni fasodgʻa eltur: biri – toʻla yeyish, biri – toʻla uyqulamoq[1].
  • Kishini yomon dema (gʻiybat qilma)[1].
  • Namozi bomdoddin keyin volidangni ziyorat qil va xizmatida boʻl[1].
  • Nodondin yiroq qochqon donodur[1].
  • Nomurodlar koʻnglini ogʻritma[1].
  • Och boʻlsangda och koʻrunma, tamaʼgirlik qilma[1].
  • Qoʻrqoqning oldida haq soʻzni aytma[1].
  • Sayri jahon qiling, suvga oʻxshab. U doim oqishdadur – toza va xushdur va agar bir yerda koʻp toʻxtab qolsa, badboʻy boʻlur[1].
  • Oʻzing muhtoj boʻla turib, saxiylik qilaman dema[2][4].
  • Oʻzingni shubhadin yiroq tut[1].
  • Gʻizo yemak uch turlik boʻlur: Oriflar gʻizosi – kunda bir mahal. Moʻmiylar gʻizosi – kunda ikki mahal. Hayvonlar gʻizosi – kunda uch dafʼa va undan ortuq[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. 2,0 2,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  3. Tursun 2006, s. 99.
  4. Tursun 2006, s. 97.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.