Munis Xorazmiy
Qiyofa
| Munis Xorazmiy | |
|---|---|
| Qardosh loyihalar | |
Munis Xorazmiy (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhammad Amir Avazbiy oʻgʻli; 1778-yil – Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi – 1829-yil) – oʻzbek shoiri, tarixnavisi, tarjimoni, xattoti va maʼrifatparvari.
A
[tahrirlash]- Adolatdin uldi el osoyishi,
El osoyishi – mulk oroyishi[1]. - Ahli donish birla har dam aylangiz bazmi kitob,
Jamʼi nodonlar birla izhori ulfat qilmangiz.
Doʻst uldurkim, yomon kun yuz evurmas doʻstidin,
Munis ahvolin koʻrub tarki muhabbat qilmangiz[2]. - Ahli donishlar tusharga bure topmayin, Xayli nodonlar solib masnadlar uza debolar[3].
- Andisha birla soʻz dekim, puxtani,
Tashlarlar el ogʻziga olmay xom, deb[4]. - Aql ahli makringga qachon oʻlgʻay firyofta,
Yolgʻon karomatingni bayon qilmagil abas[5].
D
[tahrirlash]- Dardmanu jafokash elga qilur Nazm ila dardini shuaro[6].
- Donish ila men topib mulki maonigʻa dast, Bugʻz qilurlar ayon ahli jaholat manga[7].
- Dono hargiz qilmadi nodon bila bahs[8].
G
[tahrirlash]- Garchi zohirda barcha doʻstdurur,
Boʻlma eminki, dushmaning yoʻqdurur[9].
H
[tahrirlash]- Ham erur kundtabiatlar el ichra mumtoz[10].
M
[tahrirlash]- Minsang, ey shoh, falak markabini kun yangliq boʻlma magʻrurki, ul ashhab erur asru asov[11].
N
[tahrirlash]- Necha arzi hunar qilsam soʻz ichra,
Toʻtarlar ul hunarga ayb ila nom[12].
Q
[tahrirlash]- Qilma izhori suxanvarlik farogʻe istasang,
Siymu zar oʻrniga yer boshigʻa sangi xora soʻz[13].
S
[tahrirlash]- Soʻz maxzanining nishonasi ham,
Maʼni durining xizonasi ham —
Har soʻzki koʻnguldin uddi mavjud,
Xat boʻlmasa boʻlgʻay erdi nobud[13].
T
[tahrirlash]- Tutma badgu birla suhbatkim, yomon soʻz zahridir,
Neshi zanburi kibi har dam berur ozorlar[14]. - Toʻqquz kukdin utsang ham etma gʻurur,
Ki faqr ahli oldida hechdur bu toʻqquz.
Emas mard turgʻonni yiqsa kishi,
Agar kelsa qoʻldin yiqilgonni turgʻuz[15].
Gʻ
[tahrirlash]- Gʻamu mehnatarodur eʼtiborim,
Ki mumtoz uldi xoriston aro oʻt[16]. - Gʻurur etma aslingʻa, qil kasbi fazl,
Erur moʻtabarroq nasabdin hasab[11].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 193.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 45.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 63.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 120.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 213.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 68.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 65.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 62.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 127.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 214.
- ↑ 11,0 11,1 Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 144.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 22.
- ↑ 13,0 13,1 Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 115.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 94.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 78.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 221.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- H. Xomidiy; M. Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: "Sharq" nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.